Doya
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Chirchiq shahar 3-sonli Oilaviy poliklinikasi
Bo'lim: Ўрта тиббиёт ходимлари
Vazifalar:
Homilador ayollarni qabul qilish va kuzatishda ishtirok etish.
Homiladorlik davrida profilaktik ko‘riklar o‘tkazish va tavsiyalar berish.
Shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq homilador, tug‘ayotgan va tug‘ruqdan keyingi ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatish.
Tug‘ruq jarayonida shifokorga yordam berish, ayrim hollarda normal tug‘ruqlarni qabul qilish.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa birlamchi parvarish ko‘rsatish.
Ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish.
Tibbiy hujjatlarni yuritish va hisobotlarni rasmiylashtirish.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarning saqlanishini nazorat qilish.
Sanitariya-epidemiologik tartib-qoidalarga rioya etilishini ta'minlash..
Ish sharoitlari:
Doimiy haftasiga 36 soat Dushanba-Juma 8:00 dan 16:20 gacha
✅ Talablar
Amaldagi mutaxassislik sertifikati yoki malaka toifasiga ega bo‘lish.
Homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrni kuzatish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish.
Sanitariya-gigiyena, aseptika va antiseptika qoidalarini bilish.
Shoshilinch akusherlik holatlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.