Yuridik bo‘limiga stajyor

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Uzum E-com kompaniyasi Yuridik bo‘limiga stajirovka uchun qabul e’lon qiladi.

Lavozim:
Yuridik bo‘limiga stajyor.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Hard Skills:

  • Fuqarolik, korporativ va shartnoma huquqi bo‘yicha bazaviy bilimlar;

  • Yuridik hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlay olish;

  • Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlarini ishonchli darajada bilish;

  • Analitik fikrlash va tafsilotlarga e’tibor.

Soft Skills:

  • Mas’uliyatlilik va yuqori darajadagi aniqlik;

  • Ma’lumotni tizimli yetkazib bera olish;

  • Rivojlangan kommunikatsiya ko‘nikmalari;

  • O‘zbek va rus tillarini yuqori darajada bilish;

  • Ingliz tilini bilish ustunlik beradi.

Vazifalar:

  • Shartnomalar va qo‘shimcha kelishuvlarni tayyorlash, tahlil qilish va kelishishda yordam berish;

  • Huquqiy tadqiqotlar o‘tkazish va yuridik xulosalar tayyorlash;

  • Yuridik bo‘limga korporativ va operatsion masalalarda ko‘maklashish;

  • Hujjatlarni ichki siyosatlar va qonunchilikka muvofiqligini tekshirish;

  • Ichki jamoalar bilan yuridik masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish.

Biz taklif qilamiz:

  • Haftasiga kamida 20 soatlik bandlik bilan rasmiy ishga qabul qilish;

  • Moslashuvchan ish jadvali (rahbar bilan kelishilgan holda);

  • Raqobatbardosh ish haqi;

  • Biznesga real ta’sir ko‘rsatadigan amaliy vazifalar;

  • Tez rivojlanayotgan e-commerce kompaniyasida tajriba;

  • Yuridik sohada professional o‘sishga yordam beradigan tajribali mentor.

Bu — amaliy yuridik tajriba orttirish va O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalaridan birida karyerani boshlash uchun ajoyib imkoniyat.

Stajirovkaga ariza topshirish uchun formani to‘ldiring — siz bilan bog‘lanamiz.

Sizni suhbatda kutib qolamiz,
HR jamoasi, Uzum E-com



✅ Talablar

Yo'nalish: Huquq va davlat bilan aloqalar (GR) Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: Tajribasiz Stajirovka (amaliyot)