Discovery - Customer klasteridagi jamoa bo‘lib, u marketpleysning to‘liqfoydalanuvchi yo‘li uchun javob beradi: qidiruv, katalog, mahsulot kartasi, tavsiyalar, tanlovlar, saralanganlar va filtrlar — ya’ni foydalanuvchini xaridga olib keladigan barcha bosqichlar. Jamoada mahsulot bo‘yicha qarorlar qabul qilishning asosiy usuli — eksperimentlar. Deyarli har bir o‘zgarish A/B test orqali ishga tushiriladi va ko‘rsatkichlar asosida baholanadi. Shu sababli muhandisning mahsulot va biznesga ta’siri bu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aniq o‘lchanadi.
iOS development faqat backend’dan kelgan ma’lumotlarni ko‘rsatish bilan cheklanmaydi — bu qidiruv tizimi va tavsiya mexanizmlari ustida ishlovchi jamoalar bilan yaqin hamkorlikdagi to‘liq product layer. Shu bilan birga texnik stack ham rivojlantirmoqdamiz: SwiftUI va TCA’ga o‘tmoqdamiz, testlash va reliz jarayonlarini avtomatlashtirmoqdamiz. Shuning uchun product vazifalaridan tashqari kompaniyada mobile development qanday tashkil etilganiga ham ta’sir qilish imkoniyati mavjud.
Nima bilan shug‘ullanish kerak:
- Kross-funksional jamoaning bir qismi bo‘lish va mahsulotni ishlab chiqishda faol ishtirok etish
- Platformani rivojlantirish: texnik qarzni bartaraf etish, unumdorlikni oshirish, arxitekturani yaxshilash
- Infratuzilma ustida ishlash: CI/CD, jamlashni tezlashtirish, sinovlar va relizlarni avtomatlashtirish
- Injiniring hamjamiyatiga hissa qo‘shish: ichki mitaplar, maqolalar, ma’ruzalar — xohishga ko‘ra
Biz uchun nima muhim:
- Swiftda 4 yildan ortiq tijoriy dasturlash tajribasi
- SwiftUI bilan ishlash ko‘nikmasi
- The Composable Architecture (TCA) haqida bilim yoki qiziqish
- Swift Concurrency (async/await) bilan ishlash tajribasi
- Toza, test qilinadigan kod va unit-/UI testlarini yozish ko‘nikmasi
- Arxitekturaviy yondashuvlarni tushunish va ularni amalda qo‘llay olish
- Jamoada ishlashga, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va mahsulotga ta’sir ko‘rsatishga tayyorlik
Nima uchun bu qiziq:
- Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz.
- Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
- Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.
- Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
- Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi
Biz nimalarni taklif qilamiz:
- Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Toshkentdagi qulay ofis;
- Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,
- Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz
- Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz
- Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.