Infeksionist shifokor

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yangihayot tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 29.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: 72-sonli oilaviy poliklinika Bo'lim: Oila shifokori Vazifalar: Tashxis qo'yish: Bemorlarni ko'rikdan o'tkazish, tahlil natijalarini (qon, peshob, najas va boshqalar) tahlil qilish va yuqumli kasallikning turini aniqlash.Davolash: Infeksion kasalliklar (gepatit, ichak infeksiyalari, gripp, OIV, bezgak va boshqalar) bo'yicha individual davolash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.Profilaktika: Infeksiyalarning tarqalishini oldini olish choralarini ko'rish, emlash tavsiyalari va shaxsiy gigiyena qoidalari haqida ma'lumot berish.Epidemiologik nazorat: Kasallik o'choqlarini aniqlash va infeksiya tarqalish zanjirini uzish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish.Maslahat berish: Bemorlarga kasallikning o'ziga xos xususiyatlari, parhez va turmush tarzi bo'yicha yo'riqnomalar berish Ish sharoitlari: grafik asosida

✅ Talablar

1.Qabulga kelgan bemorlar orasidan o‘tkir yuqumli kasalliklarga chalingan yoki gumon qilingan bemorlarga vrach infeksionist ko‘rigini tashkil qilish. 2.Bemorlarni ko‘zdan kechirish, so‘rab-surishtirish, haroratini o‘lchash. 3.Vrach infeksionist ko‘rsatmalarini bajarish. 4.Yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemorlar aniqlanganda va gumon qilinganda o‘z vaqtida DSENMga xabarnoma berish; 5.OIV/OITS, sil va boshqa yuqumli kasalliklarni profilaktik tadbirlarni o‘tkazish; 6.Xonada joriy va muammal tozalov ishlarini bajarish. 7.Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar va ular bilan muloqatda bo‘lganlar haqida uchastka vrachlariga xabar berish.

📎 Manba