Tarmoq muhandisi Uzum Bank

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Uzum — O‘zbekistondagi biznes, onlayn shopping, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni birlashtirgan raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan noyob kompaniya.

Uzum Fintech — O‘zbekistondagi birinchi “yakkashox” kompaniya va milliy Uzum ekotizimining fintech yo‘nalishi bo‘lib, uning servislaridan har oy 12 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi. Hozirda Uzum Fintech mamlakatdagi millionlab foydalanuvchilar va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun texnologik moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank internet-banki, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil savdo platformasini o‘z ichiga oladi.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • 24/7 rejimida ishlaydigan nosozlikka chidamli ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini sozlash va qo‘llab-quvvatlash;

  • Arista, Cisco, Palo Alto, Fortinet uskunalari asosida tarmoq infratuzilmasini qurish va qo‘llab-quvvatlash;

  • Tarmoq uskunalari monitoringi va konfiguratsiya tizimlarini administratsiya qilish;

  • Tarmoq IT-infratuzilmasi servis va komponentlari bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va yuritish;

  • Tarmoq va uskunalarning nosozliklarga chidamliligini nazorat qilish;

  • Rejalashtirilgan va аварийно-восстановительные ishlarni nazorat qilish;

  • Noshtat holatlar va muammolarni tadqiq qilish (troubleshooting);

  • Administratsiya jarayonlarini avtomatlashtirish;

Biz uchun muhim:

  • CCNP darajasida tarmoq protokollari va texnologiyalari bo‘yicha bilim hamda tajriba (sertifikat talab qilinmaydi, bilim va tajriba muhim);

  • CCNA Security darajasida tarmoq xavfsizligi talablarini tushunish;

  • Cisco/Arista switch’lari va Palo Alto/Fortinet NGFW bilan amaliy ishlash tajribasi;

Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:

  • Jira/Confluence tizimlari bilan ishlash, Visio/Draw.io’da tarmoq sxemalarini yaratish tajribasi;

  • Python/Ansible yordamida rutin vazifalarni avtomatlashtirish tajribasi;

  • IaC prinsiplari va CI/CD vositalari bo‘yicha tushuncha;

Sharoitlar:

  • Birinchi kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;

  • Raqobatbardosh ish haqi;

  • Keng o‘qish imkoniyatlari;

  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;

  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;

  • Rivojlanish va o‘sish imkonini beruvchi madaniyat;

  • Asos — ishni yuqori darajada qilishga intiladigan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan ITS, o‘qish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar;


✅ Talablar

Yo'nalish: Xavfsizlik va infratuzilma Bo'lim: Uzum Bank Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab