Biz boshqaruv ko‘nikmalari va soft skills’ni rivojlantirish, ta’lim dasturlarini yaratish va korporativ ta’lim madaniyatini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ta’lim va rivojlanish bo‘yicha menejer (L&D Manager) izlayapmiz.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
Boshqaruv ko‘nikmalari va soft skills bo‘yicha treninglar o‘tkazish;
Mentorlik, kouching dasturlari va amaliyotchilar hamjamiyatlarini ishlab chiqish va rivojlantirish;
Biznesning ta'limga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos ta'lim yechimlarini ishlab chiqish;
O‘quv dasturlari va metodik materiallarni yaratish hamda takomillashtirish;
Xodimlarning ta'lim va rivojlanishga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi ichki kommunikatsiyalarni rivojlantirish.
Biz uchun nima muhim:
Soft skills bo‘yicha treninglar o‘tkazish va kattalar ta'limi sohasida tajriba;
Ta'lim ehtiyojlarini tahlil qilish va biznes vazifalariga mos ta'lim yechimlarini yaratish tajribasi;
Kuchli muloqot ko‘nikmalari va guruhlar bilan ishlash tajribasi;
Proaktivlik, yuqori darajadagi o‘zini o‘zi boshqarish va doimiy rivojlanishga intilish;
Qayta aloqa bilan ishlashga va o‘zgarishlarga tez moslashishga tayyorlik.
Biz nima taklif qilamiz:
Toshkentdagi qulay va zamonaviy ofis;
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz;
Bozordagi yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
Startap ruhini saqlab qolganmiz va shu bilan birga yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘ygan noyob korporativ madaniyat;
Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash imkoniyati;
Dress-kodning yo‘qligi va minimal byurokratiya;
Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.