Axborot xavfsizligi bo‘yicha tizim administratori

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Nimalar qilish kerak bo‘ladi:

  • Amaldagi IT infratuzilmasini axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan audit qilish;

  • Axborot xavfsizligi bilan bog‘liq xatarlarni kamaytirish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish;

  • Mavjud axborot xavfsizligi tizimlarini boshqarish va yangi yechimlarni joriy etish.

Biz uchun nimalar muhim:

  • IT/AX (axborot xavfsizligi) sohasida 4 yildan ortiq ish tajribasi;

  • Windows serverlari va Active Directory administratsiyasi bo‘yicha chuqur bilimlar;

  • Turli access management modellari, eng kam huquq tamoyili (PoLP) va axborot xavfsizligi bo‘yicha boshqa ilg‘or tajribalarni tushunish;

  • Linux administratorlik tajribasi;

  • Zamonaviy kompyuter tarmoqlarini qurish asoslari bo‘yicha bilimlar (segmentatsiya, routing, protokollar va boshqalar);

  • ITSM/ITIL metodologiyalarini bilish;

  • Skripting ko‘nikmalari (PowerShell yoki boshqa vositalar);

  • ITSM tizimlari (JSM, Jira, Confluence) bilan ishlash tajribasi;

  • Antivirus himoya tizimlarini boshqarish tajribasi;

  • Mobil qurilmalarni markazlashgan boshqarish (MDM) bo‘yicha tajriba;

  • Wireshark, Nmap, tcpdump kabi tarmoq vositalari bilan ishlash ko‘nikmalari;

  • Tahliliy fikrlash va tafsilotlarga e’tibor;

  • Katta hajmdagi ma’lumot bilan ishlash va uzoq vaqt diqqatni saqlay olish qobiliyati.

Nima uchun bu qiziq:

  • Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz. Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.

  • Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.

  • Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.

  • Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash

  • Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi

Biz nimalarni taklif qilamiz:

  • Toshkentdagi ofis

  • Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,

  • Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz

  • Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz

  • Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.




✅ Talablar

Yo'nalish: Xavfsizlik va infratuzilma Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab