Customer Support

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Uzum — O‘zbekistondagi biznes, online shopping, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni birlashtirgan raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan noyob kompaniya.

Biz mamlakatimizning millionlab aholisi tezkor yetkazib beriladigan cheksiz tovarlar assortimentidan hamda maishiy masalalar yechimi va biznesni rivojlantirishda yordam beruvchi moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta yuqori texnologiyali mahsulotlarni rivojlantirmoqdamiz. Biz o‘z IT-platformamizni qurmoqdamiz, logistika tizimini rivojlantirmoqdamiz va yuz minglab tadbirkorlarni hamkorlikka jalb qilmoqdamiz.

Uzum Bank — O‘zbekistondagi Uzum raqamli servislar ekotizimining asosiy mahsulotlaridan biri bo‘lib, foydalanuvchilarga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etadi.

Vazifalar:

  • Servislar ishlashini monitoring qilish;

  • Bank mijozlari va hamkorlaridan kelgan kiruvchi murojaatlarni qayta ishlash;

  • Bank va to‘lov tizimlarini monitoring qilish;

  • Insident management;

  • Alerting;

  • Linux serverlaridagi ma’lumotlar va loglarni, ma’lumotlar bazalari hamda boshqa manbalardagi ma’lumotlarni tahlil qilish;

Talablar:

  • Texnik qo‘llab-quvvatlash / developer / muhandis / tizim administratori sifatida ish tajribasi;

  • Dokumentatsiyani o‘qish va javoblarni mustaqil topa olish;

  • Unix’dan ishonchli foydalanuvchi darajasida foydalanish (terminal orqali ishlash);

  • SQL so‘rovlarini yozish tajribasi;

  • Mas’uliyat, diqqatlilik va ijrochilik;

  • Stressga chidamlilik;

  • Savodxonlik;

Sharoitlar:

  • Birinchi kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;

  • Raqobatbardosh ish haqi;

  • Keng o‘qish imkoniyatlari;

  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;

  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;

  • Eng kuchlilar bilan birga o‘sish va rivojlanish imkonini beruvchi madaniyat;

  • Asos — ishni yuqori darajada qilishga intiladigan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan ITS, o‘qish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar;


✅ Talablar

Yo'nalish: Dasturlash Bo'lim: Uzum Bank Ish rejimi: Ofis Tajriba: 1 yildan boshlab