Biz Uzum Nasiya’ning yangi jamoasiga rahbarlik qiladigan va butun kredit konveyerining (skoring, admin panellar, kollekshn, shartnomalar, hamkor integratsiyalari) maqsadli arxitekturasini rivojlantirishda drayver bo‘ladigan texnik yetakchini izlayapmiz.
Yangi xizmatlarning asosiy rivojlanish steki — Go, joriy monolit — PHP (Laravel freymvorki asosida).
Kubernetes, Kafka, MariaDB→PostgreSQL infratuzilmasida.
Biznes ustuvorliklari: ishonchlilik → masshtablash → xavflarni kamaytirish.
Asosiy vazifa:
Uzum Nasiya’ning yangi jamoalarini ishga tushirish va Go’da asosiy servislarni delivery qilish. End-to-end natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish (domen dizayndan production’gacha) va yangi arxitekturaning ishlaydigan “etalon”ini ko‘rsatish.
Nima bilan shug‘ullanish kerak:
Uzum Nasiya texnik jamoasiga rahbarlik qilish, asosiy servislarni delivery qilish;
Kredit konveyerining maqsadli arxitekturasini loyihalash va joriy etish;
PHP monolitdan Go mikroservislarga migratsiyani tashkil etish;
6 ta jamoa uchun arxitektura revyulari va standartlarni ishlab chiqish (kontraktlar, eventlar, DB, observability);
Mahsulotning ishonchliligi, masshtablanuvchanligi va risklarni kamaytirishni ta’minlash;
Domen yechimlari bo‘yicha product / risk / analitika / hamkorlar bilan hamkorlik qilish;
Texnik hujjatlarni tayyorlash va muhandislik madaniyatini qo‘llab-quvvatlash.
Biz uchun muhim:
Go bo‘yicha ekspertiza — kamida 3 yil production tajriba, highload servislarni loyihalash, konkurentlik, profiling, yuklama ostida barqarorlik;
Enterprise PHP tajribasi (+ Laravel afzal) — yirik monolitni ishonchli o‘qish va refaktor qilish, domen mantiqini ajratish va servisga ko‘chira olish;
Taqsimlangan tizimlar arxitekturasi bilan ishlash tajribasi — mikroservislar, idempotentlik, eventual consistency, kontrakt asosidagi integratsiyalar;
Kubernetes’da production tajriba — deploy, canary / blue-green, autoscaling, tarmoq va resurs cheklovlari;
Konsistentlik va masshtablashni hisobga olgan holda ma’lumotlar sxemalarini loyihalash.
Biz quyidagilarni taklif qilamiz:
Millionlab foydalanuvchilarga ega bo‘lgan keng ko‘lamli Fintech mahsulot platformasini yaratish imkoniyati;
Ish jarayonlariga moslashuvchan yondashuv va yangi g‘oyalarga ochiqlik;
Dinamik va ambitsiyali Fintech muhitida xalqaro jamoada ishlash;
O‘zbekiston Mehnat kodeksiga muvofiq birinchi kundan boshlab rasmiy ishga joylashtirish;
Raqobatbardosh ish haqi va relokatsiya paketi;
O‘qish va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar;
Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari, ITS;
Biz IT-park rezidentimiz, mutaxassislarimiz “Yashash guvohnomasi”ga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;
Byurokratiyaning yo‘qligi;
Ish formati — dunyoning istalgan nuqtasidan to‘liq masofaviy ish yoki Toshkentga relokatsiya qilishda yordam.