Strategik hamkorliklar bo‘yicha menejer (Jalb qilish bo‘limi)

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Uzum Market tijorat jamoasi yangi hamkorlarni topish, strategik bitimlar tuzish va bozorni tahlil qilish uchun Business Development Manager lavozimiga hamkorlarni (Enterprise toifasidagi hamkorlar) jalb qilish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassis izlamoqda.

Nimalar qilish kerak bo‘ladi:

  • Strategik ahamiyatga ega hamkorlarni izlash va jalb qilish;

  • Murakkab muzokaralarni olib borish;

  • Individual ulanish shartlarini shakllantirish;

  • Hamkorni barqaror savdoga olib chiqish;

  • Birgalikda o‘sishni rejalashtirish (GMV, assortiment, promo);

  • Tijorat va operatsion shartlarni kelishish;

  • Uzum ichida hamkorni ishga tushirishni muvofiqlashtirish (toifalar,logistika, marketing); 

  • Hamkorni dastlabki uch oy davomida kuzatib borish.

Biz uchun nima muhim:

  • Kuchli muzokara olib borish ko‘nikmalari;

  • Unit-iqtisodiyotni tushunish;

  • B2B, B2G segmentida biznes va mulkdorlar bilan ishlash tajribasi;

  • Strategik fikrlash.

Biz nimani taklif qilamiz:

  • Toshkentdagi shinam ofis;

  • Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;

  • Top kompaniyalar darajasidagi ish haqi

  • Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.

  • Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash

  • Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya. Joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar


✅ Talablar

Yo'nalish: Savdo va kategoriya boshqaruvi Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab