Buxgalter Accounting Uzum Holding

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Nimalar qilish kerak bo‘ladi:​​​​​​​

  • Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq moddiy boyliklar, asosiy vositalar va xizmatlar bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish;

  • Birlamchi hujjatlar bilan ishlash: shartnomalar, invoyslar, BYuD, hisobvaraq-fakturalar, ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va hisobda o‘z vaqtida aks ettirilishini nazorat qilish;

  • Tovarlar, xizmatlar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar realizatsiyasi bo‘yicha operatsiyalarni hisobda aks ettirish;

  • Hisobot davri yakunlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-fakturalarni shakllantirish va o‘z vaqtida taqdim etish;

  • O‘z mas’uliyat sohasi bo‘yicha hisobdagi ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini nazorat qilish;

  • Hujjat aylanishi va operatsiyalarni to‘g‘ri aks ettirish masalalari bo‘yicha ichki bo‘linmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

Biz uchun nima muhim:

  • Buxgalteriyada 2 yildan ortiq ish tajribasi;

  • 1C, EDO, Didox tizimlari bilan ishlash tajribasi;

  • Stressga chidamlilik va ko‘p vazifalilik sharoitida ishlash qobiliyati;

  • Muloqotchanlik va hamkasblar bilan samarali hamkorlik qilish ko‘nikmalari;

  • Ishga mas’uliyat bilan yondashish va tafsilotlarga e’tibor berish;

  • Yaxshi tahliliy ko‘nikmalar;

  • Dinamik sur’atda ishlash va tezkor qarorlar qabul qilish qobiliyati .

Biz nimalarni taklif qilamiz:

  • Toshkent markazida shinam zamonaviy ofis;

  • Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;

  • Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;

  • Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;

  • Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash

  • Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya. Joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar


✅ Talablar

Yo'nalish: Moliya va buxgalteriya Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 1 yildan boshlab