yetakchi mutaxassis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Bekobod tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi
Bo'lim: Mahalliy budjetni shakllantirish va budjat tashkilotlarini moliyaviy ta'minlash bo'limi
Vazifalar:
budjet soʻrovini koʻrib chiqish va taqdim etish;
budjet soʻrovini tuzish hamda uni taqdim etish muddatlarini belgilash toʻgʻrisida hokimlik qarori loyihasini tayyorlash va hokimlikka kiritish;
hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjet soʻrovlarini qabul qilish;
mahalliy budjet loyihasini tayyorlash hamda Iqtisodiyot va moliya boʻlimiga taqdim etish;
daromadlar boʻyicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning boʻlimlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
tuman budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar boʻyicha – hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari, shuningdek, hududiy budjetdan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqish.
mahalliy budjet loyihasini taqchillik bilan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash.
hokimliklar tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek, kommunal xizmatlar xarajatlarini nazarda tutgan holda shakllantirilishini taʼminlash.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Bekobod tuman Zafar sh Imom Buxoriy ko'chasi 17 uy
709352122
✅ Talablar
Yetakchi mutaxassis lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi.
Yetakchi mutaxassis mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, xizmat etikasiga, xavfsizlik, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati qoidalariga qatʼiy rioya etishi, xizmat sirlarini oshkor etmasligi, jamoadagi sogʻlom, ishchan muhitning barqarorligini taʼminlashi, jamiyatdagi va qonunchilikdagi oʻzgarish hamda yangiliklarni muntazam oʻrganib borishi, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borishi, oʻzaro tajriba almashgan holda, ish jarayonida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borishi, xushmuomala boʻlishi shart.