kardiolog shifokor

Doimiy Ish
📍 Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri 💰 3 600 000 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 31.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yangiyo‘l shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi Bo'lim: Umumiy terapiya Vazifalar: Bemorni ko‘rikdan o‘tkazish va kardiologik anamnez yig‘ish; Kardiologik kasalliklarga dastlabki va klinik tashxis qo‘yish; EKG natijalarini tahlil qilish; Davolash va diagnostika rejasini tuzish; Zarur hollarda bemorni statsionar yoki tor mutaxassisga yo‘llash; Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish; Bemorning davolash samaradorligi va holatini dinamik kuzatish; Profilaktik va dispanser tadbirlarini tashkil etish. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 08:00 dan 17:00 gacha Manzil / aloqa: Yangiyo'l shahar Sog'liqni saqlash bo'limi 998706037303

✅ Talablar

Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash usullarini; Yurak ishemik kasalligi, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi, aritmiyalar, miokardit, endokardit va boshqa kardiologik kasalliklarni; EKGni o‘qish va tahlil qilish asoslarini; Laborator va instrumental tekshiruvlar natijalarini baholashni; Shoshilinch kardiologik yordam ko‘rsatish, jumladan o‘tkir koronar sindrom va hayot uchun xavfli aritmiyalarda birlamchi yordam ko‘rsatish tartibini; Dori vositalarini qo‘llash, ularning ko‘rsatmalari, qarshi ko‘rsatmalari va nojo‘ya ta’sirlarini; Tibbiy hujjatlarni yuritish va bemorlarni dispanser kuzatuviga olish tartibini; Tibbiyot sohasidagi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni.Bemorni ko‘rikdan o‘tkazish va kardiologik anamnez yig‘ish; Kardiologik kasalliklarga dastlabki va klinik tashxis qo‘yish; EKG natijalarini tahlil qilish; Davolash va diagnostika rejasini tuzish; Zarur hollarda bemorni statsionar yoki tor mutaxassisga yo‘llash; Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;

📎 Manba