Kimni izlayapmiz:
Last Mile logistika bo‘yicha tajribali menejer izlayapmiz. Menejer bir nechta yo‘nalishlar — monitoring, rejalashtirish, xizmat ko‘rsatish sifati, hududlarni rivojlantirish, xaridlar uchun javob beradi.
Nima qilish kerak:
- Monitoring — xizmatni boshqarish, logistikaning operatsion ko‘rsatkichlarini boshqarish, avtotayinlash va reaksiya bloklarida mahsulot bilan ishlash;
- Rejalashtirish — kuryerlarni rejalashtirish jarayonini boshqarish, rejalashtirish modelini ishlab chiqish, rejalashtirish orqali kuryerlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini boshqarish;
- Kuryerlar ekipirovkasi — ekipirovka harakatini operativ boshqarish, ekipirovkani modernizatsiyalash, yaxshilash va optimallashtirish, ekipirovka uchun byudjetni boshqarish;
- Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi (MXB) — mamlakat bo‘ylab kuryerlik xablarini va Toshkentdagi katta xabni boshqarish, texnik holatni, byudjetni, hujjatlar aylanishini qo‘llab-quvvatlash;
- Xaridlar — operatsion xaridlar jamoasini boshqarish (jamoa, MXB uchun sarflagichlar, kuryerlar uchun loyihalar);
- Hududlarni rivojlantirish (1-bandda kattaroq) — hududlarda xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, buyurtmalarning o‘sishi, yangilarini ochish va boshqalar.
Biz uchun nima muhim:
- Boshqaruv va murabbiylik tajribasi;
- Analitika — raqamlarni tahlil qila olish, bog‘liqliklarni ko‘rish, raqamlardan xulosa chiqarish, anomaliyalarni ko‘rish qobiliyati;
- Tizimli fikrlash — yong‘inni o‘chirish emas, muammoning asl sababini izlash;
- Loyiha menejmenti — loyihalarni rejalashtirish, tashabbusni amalga oshirishni boshqarish qobiliyati;
- Axborotni izlash ko‘nikmasi — raqobatchilarni, o‘z mas’uliyati doirasidagi yangi yechimlarni tahlil qilish va boshqalar;
- Iqtisodiyotni tushunish — PnL bilan ishlash qobiliyati, byudjetlarni sifatli boshqarish uchun moliya qanday ishlashini tushunish;
- O‘zgarishlarga tez moslashishga tayyorlik;
- Kross-funksional jamoada ishlash ko‘nikmalari.
Plyus bo‘ladi:
Bazaviy SQL, FoodTech sohasida tajribas, product skills
Biz nimalarni taklif qilamiz:
Toshkentdagi shinam ofis;
Karyerani rivojlantirish — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz
Top kompaniyalar darajasidagi ish haqi
Noyob madaniyat — biz startap ruhini saqlab qoldik, shu bilan birga yetuk jarayonlarni yaratdik
Kuchli mutaxassislardan iborat jamoalarda ishlash, bu yerda chuqur bilim va tajriba qadrlanadi
Dress-kod yo‘qligi va minimal darajadagi byurokratiya. Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa qulayliklar