Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshloq tumani hokimligi
Bo'lim: Oila va xotin-qizlar bo‘limi
Vazifalar:
Lavozim yo'riqnomasi talablarini bajarish.
Ish sharoitlari:
Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Тошлоқ тумани, Фурқат МФЙ, А.Навоий кўчаси 32-уй
998732380494
✅ Talablar
Oliy ma’lumotga (istisno tariqasida o‘rta-maxsus) ega bo‘lishi kerak.
Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi; Oilali bo‘lishi; Kompyuterdagi dasturiy majmualar Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida erkin ishlashi va biriktirilgan planshetlarda, internet dasturlarida ishlay olishi; Davlat rahbari tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlardan, xususan, xotin-qizlar yo‘nalishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi; Fuqarolarni tinglash qobiliyatiga va muomala madaniyatiga ega bo‘lishi; Fuqarolarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qila olishi; Fuqarolarga yordam ko‘rsatishda adolatlilik, halollik, xolislik tamoyiliga qat’iy amal qilishi va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi; Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi; Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli bo‘lishi; Ichki ishlar organlari bilan birgalikda notinch, noqobil oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshira olishi; Ta’lim muassasalarida o‘quvchi qizlarning tarbiyasi va ularning ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlarini ta’sirchan usullarda tashkil eta olishi; Mahalla hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish yo‘l-yo‘riqlarini bilishi va ularni o‘z atrofiga jipslashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi va kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak. Rus va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi.
Tajriba: kamida 3 yil