Bosh mutaxassis - bosh hisobchi

Doimiy Ish
📍 Toshkent viloyati, Qibray tumani 💰 4 000 000 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 31.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Qibray tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limi Bo'lim: Bosh mutaxassis - bosh hisobchi Vazifalar: Boʻlim shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini ishlab chiqish. Boʻlim xarajat smetasi ijrosini buxgalteriya hisobi hamda mahalliy budjetlar daromad va xarajatni buxgalteriya hisobini yuritilishini nazorat qilish; Boʻlim budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarini xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan xarajatlarning muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanishi, buxgalteriya hujjatlarining toʻliq rasmiylashtirilishini, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat amalga oshirilishini taʼminlash; kassa intizomiga rioya etilishini taʼminlash; buxgalteriya hujjatlarini “UzASBO-2” dasturida oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazoratini olib borish; “Yagona schyotlar rejasi” joriy qilingan “UzASBO-2” va “DMBAT” dasturiy majmualarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdim etish; Boʻlim xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini belgilangan tartibda oʻz vaqtida hisoblab chiqarish. Smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish; mahalliy budjetni daromadlar va xarajatlar ijrosini buxgalteriya hisobini, budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar hisobini yuritish; mahalliy budjetning tegishli choraklik ijrosi toʻgʻrisida hisobotlarni “UzASBO-2” dasturida qabul qilish va “DMBAT”dasturida shakllantirish; hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar choraklik va yillik hisobotlarni “UzASBO-2” dasturida qabul qilish; mahalliy budjetining choraklik va yillik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarini Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga taqdim etish; Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18: 00 gacha

✅ Talablar

Bosh hisobchi lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga ega hamda ushbu yoʻnalishlarda kamida 1 (bir) yillik ish stajiga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi. Bosh hisobchi mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, xizmat etikasiga, xavfsizlik, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati qoidalariga qatʼiy rioya etishi, xizmat sirlarini oshkor etmasligi, jamoadagi sogʻlom, ishchan muhitning barqarorligini taʼminlashi, jamiyatdagi va qonunchilikdagi oʻzgarish hamda yangiliklarni muntazam oʻrganib borishi, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borishi, oʻzaro tajriba almashgan holda, ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borishi, xushmuomala boʻlishi shart. Tajriba: kamida 1 yil

📎 Manba