Boshqarma boshlig'i orinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Buxoro viloyati turizm boshqarmasi
Bo'lim: Rahbariyat
Vazifalar:
Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
Mamlakatda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlardan xabardor bo‘lishi, hududlarning turizm salohiyati va xorijiy davlatlarda turizm sohasida olib borilayotgan yangiliklar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi, tahlil qilish ko‘nikmalarining mavjudligi;
xalqaro miqyosda va respublikada turizmni rivojlanishining asosiy tendensiyalarini o‘rganish va tahlil qilish hamda uning asosida turizm sohasini yanada rivojlantirish borasida takliflar ishlab chiqish tajribasi;
O‘zbekistonda turizm sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniqlashga va hududlarning turizm jozibadorligini baholashga qaratilgan maxsus tadqiqotlarni o‘tkazishni tashkil etish tajribasi;
turizm sohasida tashkiliy faoliyat usullari;
turistik faoliyatni rejalashtirish usullari;
turistik va rekreatsion hududlarni rivojlantirish va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va tahlil qilish;
turizm faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash va turizm sohasidagi iqtisodiy strategiyani shakllantirish;
rahbarlik qobiliyatiga, namunali xulq atvorga hamda chet el investorlari bilan muzokara va uchrashuvlar o‘tkazishda tajribaga ega bo‘lishi;
sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega yuqori malakali bo‘lish hamda investitsiya loyihalarini tahlil etib borish va ularni muammolariga o‘z vaqtida munosabat bildirish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
liderlik xususiyatiga ega bo‘lishi lozim;
mahalliy hokimliklar, mutasaddi tashkilotlar hamda xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda ish olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Ish sharoitlari:
5 kunlik ish haftasi (9 00 dan - 18 00 gacha)
Manzil / aloqa:
Бухоро вилояти Бухоро шахар Саноатчилар кўчаси 26-уй
99865221-55-50
✅ Talablar
Ma’lumoti: Oliy (Kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim);
Mutaxassislik: Turizm, marketing, boshqaruv, huquq, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot va ijtimoiy gumanitar yo‘nalishlar (Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning imkoniyatlari teng bo‘lgan taqdirda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan yoki xalqaro TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi hamda baholash mezoniga kiritiladi);
Mehnat staji: Mehnat faoliyatining oxirgi 10 yilligida davlat boshqaruv organlarida yoki uning tarkibidagi hududiy boʻlinmalarida kamida 3 yil ish stajiga ega, shundan kamida 2 yili rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi (Davlat boshqaruv organlarida yoki uning tarkibidagi hududiy boʻlinmalarida kamida 3 yillik mehnat stajiga ega, shundan kamida 2 yili ikki yoki undan ortiq xodimlarga rahbarlik qilgan bo‘lishi lozim);
Davlat tilini bilishi (Suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi lozim);
Ingliz, rus, nemis, fransuz, arab, xitoy va yapon tillaridan kamida bittasini B2 darajasida bilsa, afzalliklar beriladi (Ingliz tilini IELTS 6,0, TOEFL IBT 72 yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida bilsa, afzalliklar beriladi);
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi (Word, Excel, PowerPoint kabi ilovalar hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Nomzodning test sinovi bosqichida AKT yo‘nalishida berilgan savollarga javobi suhbat jarayonida inobatga olinadi. Bunda test sinovi natijasi bo‘yicha qo‘yiladigan ball Tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi hamda baholash mezoniga kiritiladi. Test sinovi savollari tarkibidagi AKT yo‘nalishi vazni tashkilot tomonidan belgilanadi);
Tajriba: kamida 3 yil