Lead Product Marketing Manager

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

O‘zbekistondagi eng yirik raqamli ekotizim

Uzum — bu O‘zbekistonda biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlar uchun raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan noyob kompaniya.

Uzum Fintech — O‘zbekistondagi birinchi “yakkashox” kompaniyaning fintech yo‘nalishi bo‘lib, uning servislaridan har oy 12 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi.

Hozirda Uzum Fintech mamlakatdagi millionlab foydalanuvchilar va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun texnologik moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank internet-banki, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil savdo platformasini o‘z ichiga oladi.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • PMM / PM jamoasini boshqarish (maqsadlarni belgilash, prioritetlash, rivojlantirish);

  • Asosiy fintech yo‘nalishlari bo‘yicha strategiyani shakllantirish va amalga oshirish;

  • Yangi va mavjud bank mahsulotlari uchun GTM strategiyalarini ishlab chiqish va nazorat qilish;

  • Regular / always-on va promo takliflarni ishga tushirish va rivojlantirishni boshqarish;

  • Mahsulotni ishga tushirishning barcha bosqichlarida product jamoasi bilan ishlash: positioning, UVP va mahsulotni qadoqlash;

  • Marketing va mahsulot kampaniyalarini boshqarish: g‘oyadan natijani tahlil qilishgacha;

  • Asosiy mahsulot va marketing metrikalarini aniqlash va nazorat qilish;

  • Marketing, product, analitika, CRM, performance va brand jamoalari o‘rtasida samarali hamkorlik jarayonlarini yo‘lga qo‘yish;

  • Qarorlarni data, analitika va eksperimentlar asosida qabul qilish;

Biz izlayotgan ko‘nikma va tajribalar:

  • Fintech / bank sohasida kamida 5 yil tajriba, jumladan: sodiqlik, hamkorlik marketingi, B2B-B2C mahsulotlar, referral dasturlar / sug‘urta mahsulotlari;

  • Jamoalarni boshqarish tajribasi (team lead, Head yoki yo‘nalish rahbari);

  • Product marketing va bank mahsulotlari uchun GTM strategiyalar bilan ishlash tajribasi;

  • Mahsulot va marketing metrikalarini chuqur tushunish: CAC, LTV, ROI, Retention, ARPU, Conversion, MAU/WAU/DAU;

  • Always-on va promo takliflarni boshqarish tajribasi;

  • A/B testlar, CJM va voronkalar bilan ishlash tajribasi;

  • Kuchli analitik baza, BI vositalari bilan ishlash tajribasi (Power BI yoki analoglari);

Biz nima taklif qilamiz:

  • Millionlab foydalanuvchilarga ega yirik fintech platformani yaratishda ishtirok etish imkoniyati;

  • Ish jarayonlariga moslashuvchan yondashuv va yangi g‘oyalarga ochiqlik;

  • Xalqaro jamoada, dinamik va ambitsiyali fintech muhitda ishlash;

  • Birinchi kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;

  • Raqobatbardosh ish haqi, relokatsiya paketi;

  • Keng o‘qish va rivojlanish imkoniyatlari;

  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;

  • Biz IT-park rezidentimiz, mutaxassislarimiz “Yashash guvohnomasi”ga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;

  • Byurokratiyaning yo‘qligi;

  • Toshkent markazida qulay ofis;

  • Asos — ishni yuqori darajada qilishga intiladigan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan ITS, o‘qish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar;


✅ Talablar

Yo'nalish: Marketing va kommunikatsiyalar Bo'lim: Uzum Nasiya Ish rejimi: Ofis Tajriba: 6 yildan boshlab