Tarjimon Uzum Market

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Ilova, marketing materiallari, push-xabarnomalar va bannerlar uchun matnlarni tarjima qilish va lokalizatsiya bilan shug‘ullanadigan mutaxassis qidirmoqdamiz.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Matnlarni tarjima qilish va moslashtirish (ilova, marketing, push-xabarnomalar, bannerlar) — mazmun va tone of voice’ni saqlagan holda;

  • Matnlarni o‘zbek tilidan rus tiliga va aksincha yozma tarjima qilish;

  • Materiallarni maqsadli auditoriya va lokal kontekstga moslashtirish;

  • Mahsulot terminlari bilan ishlash (logistika, IT, marketing, promoushen va boshqalar);

  • Moslashtirish jarayonida so‘zlardan foydalanish bo‘yicha bahsli holatlar yuzasidan mini-tadqiqotlar o‘tkazish;

Biz uchun muhim:

  • Tarjima yoki lokalizatsiya bo‘yicha kamida 3 yil tajriba;

  • O‘zbek va rus tillarini adabiy darajada erkin bilish;

  • Savodxonlik, detallarga e’tibor va sabr-toqat;

  • Matn tuzilishi logikasini tushunish;

  • Murakkab narsalarni oddiy va tushunarli tilda izohlash qobiliyati;

  • Punktuallik va kelishuvlarga mas’uliyat bilan yondashish;

Shartlar:

  • Toshkent markazida qulay ofis;

  • Karyeraviy rivojlanish — haqiqatan ham cheksiz o‘sish imkoniyatlarini taqdim qilamiz;

  • Yetakchi kompaniyalar darajasida maosh;

  • Noyob madaniyat — biz startap ruhini saqlab qoldik, shu bilan birga yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘ydik;

  • Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash;

  • Dress-kod yo‘qligi va minimal byurokratiya. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan sog‘liq dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.


✅ Talablar

Yo'nalish: Marketing va kommunikatsiyalar Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Gibrid Tajriba: 3 yildan boshlab