Soliqlar bo‘yicha katta mutaxassis

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Kompaniyaning soliq funksiyasini yuritish uchun soliq maslahatchisini qidirmoqdamiz — hisobotlar va soliq organlari bilan ishlashdan tortib, metodologiya va hisobni avtomatlashtirishgacha.
Agar siz nafaqat jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash, balki ularni rivojlantirish va muhim qarorlarga ta’sir qilishni istasangiz — keling tanishamiz

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Soliq va buxgalteriya qonunchiligi bo‘yicha maslahat berish;

  • Soliq hisobini yuritish metodologiyasini ishlab chiqish va joriy etish;

  • 1C’da hisob yuritilishining to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • Soliq hisobotlarining to‘g‘riligini tekshirish;

  • Soliq rejalashtirish va prognozlashda ishtirok etish;

  • Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni kuzatish va jamoani xabardor qilish;

  • Soliq organlari uchun so‘rov va javoblarni tayyorlash hamda qayta ishlash;

  • Soliq registrlarini ishlab chiqish;

  • Soliq hisobini avtomatlashtirish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish;

Biz uchun muhim:

  • O‘zbekiston bozorida soliqqa tortish bo‘yicha kamida 3 yil tajriba;

  • O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini chuqur tushunish;

  • Transfert narx belgilash (TSH) bilan ishlash tajribasi;

  • Microsoft Excel va Word’da ishonchli ishlash ko‘nikmalari;

  • Fikrni aniq bayon qilish va o‘z pozitsiyasini asoslab himoya qila olish;

  • Detallarga e’tibor, mas’uliyat va sabr-toqat;

  • Biznesga yo‘naltirilgan fikrlash;

Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:

  • Big4 kompaniyalarida (Deloitte, PwC, EY, KPMG) ishlash tajribasi;

Biz nima taklif qilamiz:

  • Toshkent markazida qulay ofis;

  • Karyeraviy rivojlanish — haqiqatan ham cheksiz o‘sish imkoniyatlari;

  • Yetakchi kompaniyalar darajasida maosh;

  • Noyob madaniyat — biz startap ruhini saqlab qoldik, shu bilan birga yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘ydik;

  • Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash;

  • Dress-kod yo‘qligi va minimal byurokratiya. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan sog‘liq dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar;


✅ Talablar

Yo'nalish: Moliya va buxgalteriya Bo'lim: Uzum Holding Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab