Jamoa haqida
Tavsiya tizimlari mahsulotimizda GMV o‘sishining asosiy drayverlaridan biridir. RecSys jamoasi foydalanuvchi tajribasini barcha bosqichlarda moslashtirish uchun mas’ul: bosh sahifadan tortib PDP, savatdagi tavsiyalar va moslashtirilgan push-xabarnomalargacha.
Biz end-to-end tavsiya tizimlarini quramiz:
mahsulotning turli qismlarida moslashtirilgan tanlamalar,
PDP’da o‘xshash va komplementar mahsulotlar,
savatchadagi tavsiyalar,
PUSH’dagi tavsiyalar,
turli foydalanuvchi segmentlariga mos tavsiya strategiyalari.
Nimalar qilish kerak bo‘ladi:
Uzum Market tavsiya tizimlari yo‘nalishi uchun kuchli mutaxassis izlayapmiz. Siz mavjud yechimlarni rivojlantirish va yangi algoritmlarni ishga tushirishda ishtirok etasiz. Bu yil jamoaning asosiy fokuslaridan biri — reklama integratsiyasini tavsiya ssenariylariga qo‘shish bo‘lib, bu ko‘plab tadqiqot va tajribalarni talab qiladi. Birgalikda biz ma’lumotlardan insaytlar topamiz,modellarni production’ga chiqaramiz va A/B sinovlarini o‘tkazib, mahsulotga bevosita ta’sir ko‘rsatamiz.
Biz uchun nima muhim:
ML Engineer / Data Scientist sifatida kamida 3+ yil tajriba
Python va DS stack (numpy, pandas, sklearn, boosting) bo‘yicha mustahkam bilim
Tavsiya tizimlari yoki yaqin sohalarda (ranking / personalization) tajriba
SQL (PostgreSQL / ClickHouse)
A/B sinovlari bilan ishlash tajribasi
Modellarni production’ga chiqarish tajribasi
Airflow, Spark bilan ishlash tajribasi
Toza va samarali kod yozish ko‘nikmasi
Afzallik bo‘ladi:
E-commerce’da ish tajribasi
Zamonaviy yondashuvlarni bilish (multi-modal, graf modellari, tavsiyalardagi LLM).
Nima uchun bu qiziq:
Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz. Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.
Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.
Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi
Biz nimalarni taklif qilamiz:
Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Moskva va Toshkentdagi qulay ofis;
Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,
Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz
Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz
Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.