Uzum Market franshizasini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi rahbari

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif


Franshiza bilan ishlash bo‘limi timlidini qidirmoqdamiz — hamkorlar tarmog‘ining operatsion barqarorligini ta’minlaydigan mutaxassis: so‘rovlarni ko‘rib chiqish tezligi va hisob-kitoblarning aniqligidan tortib nizolarni hal qilish va jamoani rivojlantirishgacha. 

Agar sizga operatsiyalar, moliya va odamlarni boshqarish kesishgan nuqtadagi ish yaqin bo‘lsa — sizni kutamiz

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Asosiy ko‘rsatkichlarni kuzatish: so‘rovlarga javob berish vaqti, o‘z vaqtida to‘lovlar ulushi, takroriy murojaatlar soni, franshiza hamkorlari NPS’i; tor joylarni aniqlash va yaxshilanish tashabbuslarini ilgari surish;

  • Hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini yo‘lga qo‘yish va standartlashtirish: reglamentlar, chek-listlar, SLA; rutin vazifalarni avtomatlashtirish;

  • Franshiza hamkorlariga to‘lovlar hisob-kitobi va ularni hisoblashning to‘g‘riligini nazorat qilish;

  • Qoidabuzarliklar, jarimalar va rasmiy da’volar bilan ishlash jarayonini boshqarish;

  • Shartnomalar va qo‘shimcha kelishuvlarning dolzarbligini, o‘z vaqtida imzolanishini va elektron hujjat aylanishini yuritishni nazorat qilish (Didox, E-ijara);

  • Qo‘llab-quvvatlash va da’vo ishlari bo‘yicha menejerlar jamoasini boshqarish;

  • Yangi xodimlarni o‘qitish va moslashtirish, keyslar tahlilini tashkil etish va muntazam one-to-one uchrashuvlar o‘tkazish;

  • Franshiza rivojlantirish bo‘limi va boshqa boshqaruv bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish;

  • Rahbariyat uchun muntazam hisobotlar tayyorlash;

Biz uchun muhim:

  • Operatsion boshqaruv yoki hamkorlik / franshiza tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kamida 3 yil tajriba;

  • Jamoani boshqarish tajribasi;

  • Servis sifati metrikalarini tushunish: SLA, NPS;

  • Moliyaviy hujjatlar bilan ishlash tajribasi: hisob-fakturalar, aktlar, mukofotlar;

  • 1C va BitFinance’ni bilish; EDO tizimlari (Didox, E-ijara) bilan ishlash tajribasi;

  • O‘zbek va rus tillarini erkin darajada bilish;

  • Jarayonlarni qurish, reglamentlar yozish va ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari;

Biz nima taklif qilamiz:

  • Toshkent markazida qulay ofis;

  • Karyeraviy rivojlanish — haqiqatan ham cheksiz o‘sish imkoniyatlari;

  • Yetakchi kompaniyalar darajasida maosh;

  • Noyob madaniyat — biz startap ruhini saqlab qoldik, shu bilan birga yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘ydik;

  • Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash;

  • Dress-kod yo‘qligi va minimal byurokratiya. Yoqimli bonus — lokatsiyaga bog‘langan sog‘liq dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.



✅ Talablar

Yo'nalish: Operatsiyalar Bo'lim: Uzum Market Ish rejimi: Ofis Tajriba: 1 yildan boshlab