Uzum E-com kompaniyasi buyurtmalarni topshirish punktlari (PVZ) brending bo‘limiga stajirovka uchun qabul e’lon qiladi.
Lavozim:
PVZ brending bo‘limiga stajyor.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Hard Skills:
Reklama materiallari va ma’lumotlarni hisobga olish uchun MS Excel / Google Jadvallar bilan ishonchli ishlash ko‘nikmasi;
Hisobotlar bilan ishlash va turli ma’lumotlarni tizimlashtira olish qobiliyati;
Hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi (arizalar, spetsifikatsiyalar, materiallar hisobi);
Kontent boshqaruv tizimlari ishlash tamoyillari bo‘yicha bazaviy tushuncha ustunlik beradi;
Marketing va brending asoslari bo‘yicha bilimlar ustunlik beradi;
TV va digital qurilmalar ishlash tamoyillari haqida tushunchaga ega bo‘lish ustunlik beradi.
Soft Skills:
Tafsilotlarga e’tiborli va tizimli ishlash qobiliyati;
Mas’uliyatlilik va vazifalarni oxirigacha yetkazish ko‘nikmasi;
Tashkiliy qobiliyatlar va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish;
Ozbek va rus tillarida bemalol muloqot qila olish;
Vazifalarni aniq shakllantirish va ish yozishmalarini olib bora olish;
Turli jamoalar bilan samarali muloqot qilish qobiliyati;
Analitik fikrlash va proaktivlik;
Brending sohasida rivojlanishga tayyorlik.
Vazifalar:
Buyurtmalarni topshirish punktlaridan kelgan foto hisobotlarni tashqi va ichki brending joylashtirilishi bo‘yicha tekshirish;
PVZlardagi reklama materiallari mavjudligini nazorat qilish va jadvallarni yuritish;
Reklama materiallari va uskunalarni joylashtirish bo‘yicha so‘rovlarni qayta ishlash;
PVZ boshqaruvchilari bilan materiallarni joylashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
Ichki jamoalar va pudratchilar bilan reklama materiallari bo‘yicha aloqa qilish;
PVZlarni yangilash va rebrending qilish uchun yangi kreativlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
PVZlardagi televizorlarga reklama roliklarini yuklash va yangilash;
TV qurilmalarida reklama materiallari to‘g‘ri namoyish etilishini nazorat qilish;
PVZlardagi televizor va TV-pristavkalarning ishlash holatini monitoring qilish;
Reklama uskunalari hisobini yuritish;
Buyurtmalarni topshirish punktlarida TV reklama yo‘nalishini rivojlantirishda ishtirok etish.
Biz taklif qilamiz:
Haftasiga kamida 20 soatlik bandlik bilan rasmiy ishga qabul qilish;
Moslashuvchan ish jadvali (rahbar bilan kelishilgan holda);
Raqobatbardosh ish haqi;
Mijozlar tajribasiga ta’sir qiladigan real loyihalarda ishlash imkoniyati;
Brending, marketing va e-commerce sohalarida amaliy tajriba;
Professional rivojlanishga yordam beradigan tajribali mentor.
Bu — Uzum E-com brendini rivojlantirishda ishtirok etish, real biznes vazifalari ustida ishlash va marketing hamda brending sohasida karyerani boshlash uchun ajoyib imkoniyat.
Stajirovkaga ariza topshirish uchun formani to‘ldiring — siz bilan bog‘lanamiz.
Sizni suhbatda kutib qolamiz,
HR jamoasi, Uzum E-com