Uzum Tezkor Kuryer xizmati guruhi rahbari

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Biz kimni qidirmoqdamiz:

Uzum Tezkor kuryer xizmati guruhi rahbarini qidirmoqdamiz, u yetkazib berish sifati, kuryerlar intizomi va operatsion jarayonlarning barqarorligi uchun javob beradi. Asosiy
vazifa — jamoani boshqarish, samarali jarayonlarni yo‘lga qo‘yish, metrikalarni tahlil qilish va servis sifatini oshirish hamda operatsion muammolarni kamaytirish uchun gipotezalarni test qilish.

Nimalar bilan shug‘ullanish kerak:

  • Kuryer xizmati operatsion faoliyatini va jamoani (xodimlar, brigadirlar) boshqarish

  • Kuryerlar tomonidan servis sifati va standartlarga rioya qilinishini nazorat qilish

  • Operatsion metrikalarni tahlil qilish va muammoli zonalarni aniqlash

  • Qoidabuzarliklar, shikoyatlar va jarayonlardagi og‘ishlar sabablarini aniqlash

  • Servis sifati va jarayon samaradorligini oshirish uchun gipotezalarni shakllantirish va test qilish

  • Ma’lumotlar asosida operatsion jarayonlarni yaxshilash va o‘zgarishlarni joriy etish

  • Kuryer xizmati uchun qoidalar, reglamentlar va ish standartlarini ishlab chiqish

  • Jamoaga vazifalar qo‘yish, ularning bajarilishini nazorat qilish va xodimlarni rivojlantirish

  • Muammoli keyslar bilan ishlash va takroriy hodisalarni oldini olish

  • Operatsion vazifalarni hal qilish uchun kross-funksional jamoalar bilan hamkorlik qilish

  • Hisobotlar tayyorlash va servisni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish

Biz uchun muhim:

  • Operatsion jamoani boshqarish tajribasi

  • Operatsion rollarda ishlash tajribasi

  • Jarayonlarni boshqarish va ularni yaxshilash tajribasi

  • Metrikalarni tahlil qilish va ma’lumotlar bilan ishlash tajribasi

  • Excel yoki Google Sheets bilan ishlash ko‘nikmalari

  • Ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish ko‘nikmalari

  • Jarayonlarni yo‘lga qo‘yish va qoidalarni joriy etish tajribasi

  • Jamoa intizomi va ish sifatini boshqarish tajribasi

  • Yuqori operatsion yuklama sharoitida ishlash tajribasi

  • Kross-funksional hamkorlik ko‘nikmalari

  • Liderlik, mas’uliyat va tizimli fikrlash

Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi (ixtiyoriy):

  • Gipotezalarni test qilish va yaxshilanishlarni joriy etish tajribasi

  • SQL bilan ishlash ko‘nikmalari

  • Kuryerlar yoki maydon xodimlar jamoasini boshqarish tajribasi

Biz nimani taklif qilamiz:

  • Toshkent markazida qulay ofis

  • Karyera rivoji uchun haqiqatan ham cheklanmagan imkoniyatlar

  • Yetakchi kompaniyalar darajasida raqobatbardosh maosh

  • Noyob madaniyat — startap ruhi saqlangan va yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan

  • Kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash, chuqur ekspertiza qadrlanadi

  • Dress-kod yo‘qligi va minimal byurokratiya


✅ Talablar

Yo'nalish: Operatsiyalar Bo'lim: Uzum Tezkor Ish rejimi: Ofis Tajriba: 3 yildan boshlab