Call-markaz operatori (Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash mutaxassisi)
Doimiy Ish📋 Tavsif
ARYFMA — biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun zamonaviy dasturiy yechimlar ishlab chiquvchi kompaniya
## Vazifalar
- Mijozlarning qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish va ularning savollariga tezkor yechim topish
- ARYFMA dasturiy mahsulotlaridan foydalanish bo‘yicha mijozlarga texnik yordam ko‘rsatish
- Mijozlarning muammolarini aniqlash, tahlil qilish va kerakli bo‘limlarga yo‘naltirish
- Har bir murojaat bo‘yicha CRM tizimiga aniq va to‘liq ma’lumot kiritish
- Mijozlar bilan do‘stona, hurmatli va professional muloqotni ta’minlash
- Mijozlarga dastur imkoniyatlarini tushuntirish orqali takroriy murojaatlarni kamaytirishga yordam berish
## Talablar
- Ayollar
- Yosh chegarasi: 18–35 yosh
- O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish (rus tilini bilish — afzallik)
- Kompyuter va zamonaviy dasturlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish
- Mas’uliyatli, sabrli, diqqatli va tartibli bo‘lish
- Kuchli muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lish
- Yangi bilimlarni tez o‘zlashtirishga tayyor bo‘lish
- Call-markaz yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi tajriba — qo‘shimcha ustunlik
## Imtiyozlar
- Tajriba talab qilinmaydi — biz sizga o‘rgatamiz
- To‘liq o‘qitish va moslashuv davri
- Do‘stona jamoa va qulay ish muhiti
- Kasbiy rivojlanish va karyera o‘sishi imkoniyati
- Rasmiy ishga joylashtirish
## Maosh tafsiloti
- 4 000 000 so‘mdan boshlanuvchi barqaror va o’z vaqtida beriladigan ish haqi + KPI asosida bonus tizimi
## Ish vaqti
- 09:00 dan 21:00 gacha, Dushanba-Shanba
- To‘liq stavka
## Eslatma
Talabalar va vaqtincha ish qidirayotganlar murojaat qilmasin.