Uzum — O‘zbekistondagi yangi va noyob kompaniya, mamlakatdagi birinchi texnologik servislar ekotizimi. Biz bir vaqtning o‘zida bir nechta yuqori texnologik mahsulotlarni rivojlantiramiz — millionlab foydalanuvchilarga tezkor yetkazib berish bilan cheksiz tovarlar assortimentidan foydalanish imkonini berish, shuningdek kundalik vazifalarni hal qilish va biznesni rivojlantirishga yordam beradigan moliyaviy servislarni yaratamiz. Biz o‘z IT-platformamizni qurmoqdamiz, logistika tizimini rivojlantiryapmiz va yuz minglab tadbirkorlarni hamkorlikka jalb qilmoqdamiz.
Vazifalar:
Production infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash (PostgreSQL, Redis, Kafka, ClickHouse);
Muhim servislarning yuqori mavjudligini ta’minlash;
Ansible orqali operatsion vazifalarni avtomatlashtirish;
Ma’lumotlar bazalari va middleware’ni sozlash va optimallashtirish;
Capacity planning va masshtablash jarayonlarida ishtirok etish;
Monitoring va alerting’ni sozlash;
Navbatchilikda qatnashish va incident’larga tezkor javob berish;
Texnik hujjatlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlash;
Incident’larni tahlil qilish va yaxshilashlarni joriy etish.
Texnologik stek
Infratuzilma:
Production’da 1000+ server;
Bir nechta data-markazlar;
Mikroservis arxitekturasi (80+ Java / Go / Python servislar);
Kubernetes, Podman;
PostgreSQL (Patroni HA), Redis (Sentinel), Kafka, ClickHouse;
MinIO S3;
Yuklamani balanslash uchun HAProxy, Nginx, Envoy;
Consul, Vault, Keycloak;
IaC uchun Ansible, Terraform;
GitLab CI/CD.
Nomzoddan nimalarni kutamiz:
SRE / DevOps yo‘nalishida kamida 4 yillik tajriba;
Linux’ni ishonchli bilish (administratsiya, troubleshooting);
Patroni yoki shunga o‘xshash HA yechimlar bilan ishlash tajribasi;
Kafka bilan ishlash tajribasi (administratsiya, troubleshooting);
Yuqori mavjudlikka ega tizimlarni qurish tajribasi;
Avtomatlashtirish bo‘yicha ilg‘or ko‘nikmalar (Ansible / Terraform);
Bash, Python, Go tillarini bilish;
Consul, Vault bilan ishlash tajribasi;
Tarmoq protokollari va load balancing’ni tushunish;
Monitoring tizimlari bilan ishlash tajribasi (Prometheus / VictoriaMetrics / Grafana);
SRE amaliyotlarini tushunish (SLO/SLA, incident management).
Afzallik bo‘ladi:
Fintech yoki bank sohasida tajriba;
Kafka, ClickHouse bilan ishlash tajribasi;
Patroni, Consul, Vault’ni bilish;
Sertifikatlar (AWS, GCP, Linux).
Sharoitlar:
O‘zbekiston Mehnat kodeksiga muvofiq birinchi kundan rasmiy ishga joylashtirish;
Ta’lim va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar;
Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;
Biz IT-park rezidentimiz, mutaxassislarimiz “Yashash guvohnomasi”ga tenglashtirilgan IT-vizani olishlari mumkin;
Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;
O‘sish va rivojlanish imkonini beradigan madaniyat;
Masofaviy ish formati.