Vazifalar:
Biriktirilgan hududdagi mavjud mijozlarga xizmat ko‘rsatish;
Potensial mijozlar bazasini rivojlantirish, yangi hamkorlar va mahsulotni sotish kanallarini topish;
Bozor va hamkorlar talablariga javob beradigan hamda kompaniya maqsadlariga erishishga xizmat qiladigan POS-terminallar, elektron tijorat,
QR & In-app to‘lovlar asosidagi innovatsion to‘lov yechimlarini yaratish;To‘lov mahsulotlarini ishga tushirish va kundalik boshqaruv jarayonlarini nazorat qilish;
Mahsulotni sifatli taqdim etish hamda POS materiallarining mavjudligi va sifati ustidan nazorat o‘rnatish;
Raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish va ularning harakatlari haqida rahbarga tezkor ravishda ma’lumot berish;
Bitim tuzilgandan so‘ng mijoz kartasini yaratish, keyingi vazifalar (o‘qitish, shartnomalarni rasmiylashtirish, to‘lovlarni amalga oshirish) bajarilish muddatlarini kuzatish va kechikishlar haqida rahbarni o‘z vaqtida xabardor qilish.
Biz taklif qilamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bo‘yicha rasmiy ishga joylashtirish;
3 oylik to‘lanadigan sinov muddati;
Oyda ikki marta to‘lanadigan maosh.
Ish jadvali: 09:00 dan 18:00 gacha;
Shinam ofis;
Jamoada martabaning o‘sish imkoniyati;
Erkin va ochiq korporativ madaniyat.
Talablar:
Savdo sohasida va savdo menejeri lavozimida ish tajribasi;
Rus va o‘zbek tillarini bilish;
MS Office dasturlarini bilish;
Bitrix24 bilan ishlash ko‘nikmasi;
Muloqot va muzokara olib borish mahorati.