Uzum Bank O‘zbekistondagi Uzum raqamli xizmatlarining asosiy mahsuloti bo‘lib, foydalanuvchilarga barcha bank xizmatlarini taqdim etadi. Biz jadal rivojlanib, bozorni zabt etmoqdamiz va mahsulot jamoalarini kuchaytirish uchun kuchli Java muhandislarini izlayapmiz.
Siz noyob fintech mahsulotini yaratishingiz, tizim va xizmatlar arxitekturasini ishlab chiqishda ishtirok etishingiz kerak bo‘ladi. Nafaqat yangi funksiyalarni, balki oddiy bo‘lmagan texnik vazifalarni ham ishlab chiqishga va highloadga tayyor turing.
Har bir jamoada lid, product analytic, QA, frontend va backend mavjud. Dizaynerlar, loyihalar va SRE yo‘nalishga biriktiriladi va yo‘nalish jamoalari o‘rtasida taqsimlanadi.
Bizning texnologik stek:
Java 11+, Spring Boot, Hibernate, Liquibase, Postgresql, Oracle, Docker, Gitlab. Biz dasturlashda moslashuvchan yondashuvlardan foydalanamiz, CI’dan faol foydalanamiz va yuqori muhandislik madaniyatini yaratish va qo‘llab-quvvatlashga intilamiz.
Vazifalar:
tizimni loyihalashda lid va arxitektor bilan birgalikda ishtirok etish;
yangi funksiyalar uchun kod va testlar yozish;
mavjud servislarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
jamoa ichidagi va undan tashqaridagi kommunikatsiyalar;
hamkasblar kodi revyusi;
deyli mitinglarida va retrolarda ishtirok etish.
Kerakli tajriba va ko‘nikmalar:
Java 11+, Spring Boot, Hibernate;
ma’lumotlar bazalarining ishlash prinsiplari bo‘yicha tushuncha;
dizayn patternlarini bilish va amaliyotda qo‘llash;
tizimli fikrlash, muammoga umumiy tarzda qarash va tafsilotlarga sho‘ng‘ish ko‘nikmasi
muammolarni hal qilishda proaktivlik va mustaqillik;
Git bilan ishlashda turli yondashuvlarni tushunish;
REST API nima ekanligini bilasiz va uni loyihalashtira olasiz;
mikroservislar nima ekanligini va ular nima uchun kerakligini tushunasiz;
ActiveMQ, RabbitMQ yoki Kafka xabarlar brokeri bilan ishlagansiz;
testlarni yozasiz va buni nima uchun qilish kerakligini tushunasiz.
Ish sharoitlari:
Tajriba almashishga doim tayyor bo‘lgan kuchli texnik jamoa;
Zo‘r mahsulot madaniyati — tadqiqotlar va ko‘rsatkichlarga tayanib, natijaga e’tibor qaratamiz;
Harakat erkinligi va biznes rivojlanishiga bevosita ta’sir qilish imkoniyati;
moslashuvchan grafik. Tanlovga ko‘ra gibrid yoki masofaviy ish formati - eng muhimi natija;
Rasmiy mehnat shartnomasi (O‘zR MK bo‘yicha), ta’tilga qo‘shimcha haq to‘lanadigan uch kun;
Biz IT-park rezidentimiz, mutaxassislarimiz IT-viza olishlari mumkin (Yashash guvohnomasiga teng);
Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendni rivojlantirish.