Middle Data Analyst

Doimiy Ish
📍 Toshkent 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 7 ko'rish 📅 17.06.2026

📋 Tavsif

Biz Uzum Fintech jamoasiga Middle Data Analyst izlayapmiz. Biz raqamli banking va mamlakatdagi eng yirik xususiy bankni birlashtirib, tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun qulay servis yaratdik. Kartani buyurtma qilishdan tortib, halol muddatli to‘lov xizmatigacha — hammasi shu yerda.

Bizning stack: Clickhouse, Greenplum, Superset, Qlik Sense, Openmetadata, Airflow.

Tajribali va motivatsiyali data-analitikni jamoamizda ishlash uchun taklif qilamiz. Biz operatsion departament, moliya va Compliance yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Agar siz muhim biznes qarorlariga ta’sir qilmoqchi bo‘lsangiz, jarayonlarni avtomatlashtirishni va ma’lumotlarga asoslangan samarali vositalarni joriy qilishni istasangiz, bu taklif aynan siz uchun!

Vazifalar:

  • Risklarni yo‘naltirish uchun muntazam hisobotlarni ishlab chiqish va avtomatlashtirish, shuningdek self-service vositalarini yaratish;

  • Ma’lumotlarni vizuallashtirish va informativ dashboardlar yaratish;

  • Risk departamenti uchun ma’lumotlar vitrinalarini loyihalashtirish, qo‘llab-quvvatlash va optimallashtirish;

  • Ma’lumotlar sifatini tekshirish vositalarini ishlab chiqish (Data Quality);

  • Kashfiyotchi bo‘lish - yangi ma’lumotlar manbalarini o‘rganish va ularni hujjatlashtirish;

  • Strategiyalarni qo‘llab-quvvatlash, biznesga asosli qarorlar qabul qilishga yordam berish;

  • Biznes jarayonlarini yaratish va takomillashtirishda ishtirok etish, shuningdek, jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni optimallashtirish.


Talablar:

  • Data Analyst sifatida kamida 1 yillik tajriba (fintech, bank yoki MFO’dagi tajriba — afzal);

  • Tijoriy loyihalarda SQL bilan ishlash tajribasi;

  • Mahsulotning xususiyatlarini tushunish: scoring, qarzdorlikni undirish;

  • Tranzaksion ma’lumotlar, scoring modellari, mijozlarning xulq-atvori va moliyaviy ko‘rsatkichlari bilan ishlash tajribasi;

  • Excel bo‘yicha bazaviy bilim (formulalar, VLOOKUP).

Afzallik bo‘ladi:

  • Hisobotlarni avtomatlashtirish tajribasi;

  • Git versiya nazorati tizimi bilan ishlashni tushunish;

  • Airflow bilan ishlash tajribasi;

  • Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, statistik qayta ishlashni avtomatlashtirish vositalarini tushunish (Python/R).


Ish sharoitlari:

  • Katta maqsadlar va asosiy biznes jarayonlariga ta’sir qilish imkoniyati;

  • Tajriba almashishga doim tayyor bo‘lgan kuchli texnik jamoa;

  • Kuchli mahsulot madaniyati — tadqiqot va metrikalarga tayangan holda natijaga diqqat qaratamiz;

  • Harakat erkinligi va biznes rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;

  • Moslashuvchan ish grafigi. Gibrid yoki masofaviy format — asosiy e’tibor natijaga;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bo‘yicha rasmiy ishga qabul qilish;

  • Ta’tilga qo‘shimcha haq to‘lanadigan uch kun;

  • Biz IT-park rezidentimiz, mutaxassislarimiz IT-viza olishlari mumkin (Yashash guvohnomasiga teng);

  • Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendni rivojlantirish imkoniyati.



✅ Talablar

Yo'nalish: Maʼlumotlar bilan ishlash Bo'lim: Uzum Bank Ish rejimi: Gibrid Tajriba: 3 yildan boshlab