BO’SH ISH O‘RNI: Qozon operatori (Оператор котельной) – 3 nafar

Doimiy Ish
📍 Qarshi, Qashqadaryo viloyati 💰 6 300 000 - 8 500 000 UZS 👁️ 2 ko'rish 📅 04.08.2026

📋 Tavsif

BO’SH ISH O‘RNI: Qozon operatori (Оператор котельной) – 3 nafar Ish joyi: Qarshi shahri, aeroport yaqinidaKorxonamiz ishlab chiqarish faoliyati uchun 3 nafar qozonxona operatorini ishga taklif etadi. Lavozim vazifalari Qozon uskunalarining kundalik ishlashi, nazorati, texnik xizmat ko‘rsatishi va profilaktik ta’mirini amalga oshirish; Qozon uskunalarini belgilangan xavfsizlik qoidalariga muvofiq boshqarish hamda bug‘ ta’minotining uzluksiz ishlashini ta’minlash; Qozon va unga tegishli yordamchi uskunalarni muntazam tekshirish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish; Korxonadagi boshqa uskunalar va infratuzilma obyektlarini ta’mirlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish ishlarida ishtirok etish; Rahbariyat tomonidan yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish. Nomzodga qo‘yiladigan talablar Amaldagi qozon operatori guvohnomasi (sertifikati) ga ega bo‘lish; Qozon uskunalarini boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lish; Qozon uskunalarining xavfsiz ekspluatatsiyasi va texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarini bilish; Mexanik yoki elektr jihozlarini ta’mirlash bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi; Mas’uliyatli, intizomli va jamoada ishlay oladigan bo‘lish. Ish haqi va imtiyozlar Oylik ish haqi (soliqdan keyin): 6 300 000 – 8 500 000 so‘m (tajriba va malakaga qarab belgilanadi); Bepul ovqat va yotoqxona; Mehnat shartnomasi asosida rasmiy ishga qabul qilinadi; Pensiya va qonunchilikda belgilangan barcha ijtimoiy sug‘urta hamda ijtimoiy kafolatlar taqdim etiladi; Bayram kunlari va kompaniya siyosatiga muvofiq qo‘shimcha imtiyozlar. Talablarga javob beradigan nomzodlarni suhbatga taklif qilamiz! Qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish vaqti: Dushanba – Juma: 09:00 – 17:00; Shanba: 08:00 – 13:00 Ro‘yxatdan o‘tish manzili: 111/4 Buyuk Turon (Maxtumquli) ko‘chasi, Buyuk Turon MFY, Qarshi shahri, Qashqadaryo, viloyati, O‘zbekiston

✅ Talablar

Bandlik turi: To‘liq stavkada bandlik Ish turi: Doimiy bandlik

📎 Manba