Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻbasi mudiri

Doimiy Ish
📍 Samarqand viloyati, Samarqand shahri 💰 7 000 000 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 04.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi Bo'lim: Samarqand tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Vazifalar: O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Manzil / aloqa: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ro'dakiy ko'chasi 174-uy. +998557069344

✅ Talablar

Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʻlim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy taʻlim tashkilotlarining oliy maʻlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlish (magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, professor ilmiy unvoniga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi). Kamida 3 yil umumiy ish staji, shundan Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida kamida 1 yillik ish stajiga ega boʻlishi (Ijtimoiy hodimlar guruhlari lavozimida ishlagan nomzodlarga ustuvorlik beriladi). Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi.Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; - jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi; - korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi; - vaziyatni boshqarish koʻnikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-koʻrib chiqish); - oʻzgaruvchan tizimda ishlash, doimiy kasbiy mahoratini oshirib borishga, oʻzini ustidan ishlashga tayyorlik. - soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi; - O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba