boshlig‘i

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Chilonzor tumani 💰 2 962 336 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 04.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent shahar sport boshqarmasi Bo'lim: Ахборот таҳлил ва ижро интизоми шўъбаси Vazifalar: Sho‘ba boshlig‘i lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) Boshqarma boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni, sho‘ba lavozim yo‘nalishi doirasida yuklatilgan funksiyalar va vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi; b) sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarda sho‘baga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlaydi, shuningdek, bosh boshqarma buyruqlarining bajarilishini nazorat qiladi; v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda boshqarma boshlig‘ining topshiriqlarini bajarilishida zaruriyatga ko‘ra tegishli vazirlik, boshqarma va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi; g) sho‘baning yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun boshqarma boshlig‘iga kiritadi; d) sho‘baning ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga asosan xizmat safarlariga boradi; ye) sohadagi davlat dasturlarining amalga oshirilishini, shuningdek, sohada iqtisodiy, ijtimoiy va ma’muriy islohotlarning olib borilishini tizimli tahlil qiladi; yo) sho‘baga taqdim etilgan tahliliy ma’lumotlarni tegishli davlat organlariga o‘rnatilgan tartibda taqdim etilishini nazoratga oladi; j) sohani rivojlantirish yuzasidan respublika va xalqaro miqiyosdagi ilmiy anjumanlar va konferensiyalarda ishtirok etadi; z) sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bajarilishini nazorat qiladi va zaruriyatga ko‘ra joyiga chiqqan holda o‘rganadi; i) boshqarma va sho‘balardan takliflarni jamlagan holda bosh boshqarma ish rejasini ishlab chiqadi va tahlil qilib, boshqarma boshlig‘i hamda yuqori turuvchi tashkilotlarga ma’lumot taqdim qiladi; y) sho‘ba xodimlarining malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda intizomiy jazoga tortish to‘g‘risidagi takliflarni rahbariyatiga taqdim etadi; k) sho‘ba bosh mutaxassislari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va xodimlariga yuklatilagan vazifalarni amalga oshirishda yo‘riqnoma beradi. 6. Sho‘ba boshlig‘iga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin. 3-bob. Sho‘ba boshlig‘ining huquqlari 7. Sho‘ba boshlig‘ining huquqlari quyidagilardan iborat: a) sho‘baga yuklatilgan topshiriq va vazifalarni bajarish yuzasidan boshqarma va sho‘balari, shuningdek, tizimdagi muassasalardan tegishli hujjatlarni, ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda talab qilish va ulardan zarur axborotlarni so‘rab olish; b) sho‘ba faoliyatiga oid bosh boshqarmaning tegishli meyoriy-huquqiy hujjatlari, tarmoq rahbariy va meyoriy hujjatlari, tashkiliy-taqsimot hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; v) viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi seminarlarda, konferensiyalarda va boshqa tadbirlarda ishtirok etish; g) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, bosh boshqarma to‘g‘risidagi nizomiga zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin. Ish sharoitlari: Dushanbadan Jumagacha 9.00 18.00 gacha Manzil / aloqa: Тошкент шаҳар Ислом Каримов кўчаси 55-уй 998915497099

✅ Talablar

Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.Kamida 3 yil Axborot tahlil va ijro intizomi yo‘nalishida ishlagan bo‘lishi lozim Hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Sport Vazirligining qarorlari, va topshiriqlari hamda Toshkent shahar sport boshqarmasining hujjatlari bajarilishini nazorat qilaolishi, Murojaatlar bilan ishlash jarayoni bilan bog‘liq ishlarni kompyuter dasturida amalga oshiraolishi Ustuvor yoʻnalishda Ijtimoiy, iqtisodiy moliya, qurilish va boshqa yo‘nalishdagi mutaxassislikka ega bo‘lishi, qonun hujjatlaridan xabardorligi hamda ularni qo‘llash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, Davlat organlarida 3 yillik samarali mehnat faoliyatiga ega bo‘lish lozim. 2. Davlat tilini mukammal darajada bilishi (xorijiy tillarni yaxshi bilish ustunlik beradi). 3 Kompyuter dasturlari, (Microsoft Word, Exsel va Power Point) bo‘yicha mukammal bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba