Ta’lim, ilm-fan, bolalar va xotin-qizlar siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
Bo'lim: Ta’lim, ilm-fan, bolalar va xotin-qizlar siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi
Vazifalar:
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzalari va chiqishlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarning mazmun-mohiyatini, Agentlikning vazifalari va faoliyat ko‘rsatkichlari haqida doimiy ravishda xabardor bo‘lishi, odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishi; xizmat faoliyati davomida turli soha mutaxassislari, ekspertlar va jamoatchilik vakillari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur.
Ish sharoitlari:
09:00-18:00
Manzil / aloqa:
100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy ko‘chasi, 11-uy
(998) 71 209-0104
✅ Talablar
oliy ma’lumotga ega;
mutaxassislik talab etilmaydi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan (shundan kamida respublika tashkilotida faoliyat yuritgan);
davlat tilini bilishi (Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi);
odob-axloq normalariga rioya etadigan;
davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilmagan bo‘lishi;
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, Windows offis dasturlari, shuningdek elektron hujjatlar almashinuvi tizimi (Ijro.gov.uz, edo.ijro.uz va boshqa)lar bo‘yicha mukammal bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
Ish vaqtidan samarali foydalana olishi va tadbirlarni rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan;
soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlaridan xabardorligi hamda ularni qoʻllash uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarga, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, tashkilotning strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi, strategik va tahliliy fikr yurita olishi.
Tajriba: kamida 3 yil