yetakchi mutaxassisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Bo'lim: Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv boshqarmasi
Vazifalar:
1. Boshqarma faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarning amalga oshirilishida ishtirok etish, oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
2. Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarining samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
3. Davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali va shaffof korporativ boshqaruv tizimini shakllantirish, uni takomillashtirish hamda boshqaruv jarayonlarining xalqaro talablar asosida rivojlanishini ta’minlashida ishtirok etish;
4. Davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari, jumladan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi hamda ijroiya organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning ijrosini muvofiqlashtirishda ko‘maklashish;
5. Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv sifatini oshirish, jumladan, Kuzatuv kengash aʼzolarining, ayniqsa, xavf-xatar menejmenti va ichki audit sohalarida vakolatiga nisbatan talablarni belgilagan holda ana shu kengashlarning tarkiblarini, zarur hollarda, qayta koʻrib chiqish choralarini koʻrishda ishtirok etish;
6. Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilib borish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha zaruriy choralar koʻrish hamda Korxonalarda transformatsiya jarayonlarini taʼminlashda qatnashish;
7. Davlat ishtirokidagi korxonalarda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etish, ularning amaliyotga tatbiq qilinishini ta’minlash va ushbu yo‘nalishda yagona yondashuvni shakllantirishda ko‘maklashish;
8. Boshqarma rahbariyatining ruxsati bilan soha faoliyatiga oid yigʻilish va anjumanlarda qatnashish;
9. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish, Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni (ariza, shikoyat, taklif) Boshqarma boshlig‘i koʻrsatmasi boʻyicha koʻrib chiqish va ijrosini ta’minlash;
10. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй
+998712035050
✅ Talablar
1. Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega hamda ushbu yo‘nalishlarda kamida 1 (bir) yillik ish stajiga ega boʻlishi;
2. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tushunishi;
3. Ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda xabardorligi va ushbu yoʻnalishda xorijiy tajribadan xabardor boʻlishi;
4. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlishi;
5. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office) mukammal darajada ishlay olishi;
6. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (chet tilini yaxshi darajada bilgan nomzodlarga afzallik beriladi);
7. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
Tajriba: kamida 1 yil