boshqаrmа boshlig‘i o‘rinbosаri
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Bo'lim: Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv boshqarmasi
Vazifalar:
1. Boshqarma boshlig‘iga Boshqarma faoliyatini tashkil etish, unga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlashda ko‘maklashish;
2. Boshqarma boshlig‘i bo‘lmagan vaqtda, belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq uning vakolatlarini amalga oshirish;
3. Boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilangan vazifalar taqsimotiga muvofiq Boshqarma xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga topshiriqlar berish va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish;
4. Davlat ulushi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga berilgan korxonalarda aksiyador vakolatlarini amalga oshirish, yagona aksiyador va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorlari loyihalarini tayyorlash hamda ko‘rib chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
5. Davlat ishtirokidagi korxonalarning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalari, yillik biznes-rejalari va asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqish hamda ularning bajarilishini monitoring qilish;
6. Korxonalarda samarali va shaffof korporativ boshqaruv tizimini shakllantirish, xalqaro korporativ boshqaruv prinsiplarini joriy etish va boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
7. Korxonalarning kuzatuv kengashlariga malakali va mustaqil a’zolarni jalb etish, nomzodlarni tanlash, baholash va tavsiya etish hamda kuzatuv kengashlari va ularning qo‘mitalari faoliyatini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
8. Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish, transformatsiya qilish, xususiylashtirishga tayyorlash, investitsiyaviy jozibadorligi va bozor qiymatini oshirish hamda IPO jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
9. Korxonalarda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etish, yagona metodologik yondashuvni shakllantirish va ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilish;
10. Boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga muvofiq Milliy investitsiya jamg‘armasi bilan ishlash bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtirish, Jamg‘arma va uning ulushi mavjud bo‘lgan jamiyatlar bilan tizimli hamkorlikni tashkil etish;
11. Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, idoraviy hujjatlar, tahliliy ma’lumotlar, xulosalar va amaliy takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari, davlat dasturlari hamda Vazirlik rahbariyati topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda ijro holatini nazorat qilish;
13. Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari, davlat boshqaruvi organlari, davlat ishtirokidagi korxonalar, xalqaro moliya institutlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish;
14. Boshqarma rahbariyatining ruxsati bilan Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar, muzokaralar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
15. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, asoslantirilgan javoblar tayyorlanishini hamda ularning o‘z vaqtida yuborilishini ta’minlash;
16. Davlat sirlarini va xizmatga oid ma’lumotlarni saqlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini ta’minlash;
17. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй
+998712035050
✅ Talablar
1. Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlaridagi mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistratura darajasiga ega boʻlgan nomzodlarga afzallik beriladi);
2. Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda kamida 4 (toʻrt) yillik ish stajiga ega, shuningdek respublika darajasidagi davlat boshqaruv organlarida kamida 2 (ikki) yillik ish stajiga ega boʻlishi;
3. Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati, aksiyadorlik jamiyatlari, davlat mulkini boshqarish, davlat fuqarolik xizmati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korporativ boshqaruv sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni chuqur bilishi va ularni amaliyotda qo‘llay olishi;
4. Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish, transformatsiya qilish, xususiylashtirishga tayyorlash, investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va kapital bozoriga chiqarish jarayonlari bo‘yicha yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lishi;
5. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, yagona aksiyador, kuzatuv kengashi va uning qo‘mitalari hamda ijroiya organlari faoliyatini tashkil etish tamoyillarini bilishi;
6. Korporativ boshqaruvning xalqaro prinsiplari, jumladan OECD tavsiyalari, ESG standartlari, risklarni boshqarish, ichki audit, KPI tizimi va korporativ hisobot berish amaliyotlaridan xabardor bo‘lishi;
7. Jamoani boshqarish, xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, vazifalarni taqsimlash va ularning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
8. Tahliliy va strategik fikrlash, muammolarni tizimli tahlil qilish, asoslantirilgan xulosalar va takliflar tayyorlash hamda mas’uliyatli qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
9. Rasmiy xatlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar, ma’lumotnomalar, bayonnomalar va qarorlar loyihalarini sifatli tayyorlay olishi;
10. Kompyuter texnikasi va dasturlarida, jumladan MS Office dasturlarida mukammal darajada ishlay olishi;
11. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi);
12. Halollik, xolislik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, ijro intizomi va davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya etish fazilatlariga ega bo‘lishi;
13. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
Tajriba: kamida 4 yil