“Guliston” mahalla fuqarolari yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Quvasoy shahar hokimligi
Bo'lim: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari
Vazifalar:
Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish, jumladan aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish; Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash; doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga yordam berish; mahalladagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mavsumiy ishchilarga bo‘lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, "temir daftar", "ayollar daftari" va "yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish; Mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda ko‘maklashish; Mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shug‘ullanish tajribasiga ega bo‘lmagan fuqarolarni o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ularga biriktirish; Aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; Mahalladagi ish bilan band bo‘lmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi kooperativiga aʼzo bo‘lish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara to‘lovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishi uchun subsidiyalar olishda ko‘maklashish; mahalladagi bo‘sh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish; Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ajratish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba. Dam olish kuni: yakshanba. Ish vaqti: 08:00 dan 15:00 gacha
Manzil / aloqa:
Quvasoy shahar Mustaqillik ko'chasi 45-uy
+998733720071
✅ Talablar
Bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga (Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis) ega bo‘lishi lozim.Tadbirkorlik faoliyatida (ta’sischi yoki mazkur tadbirkorlik faoliyatini boshqargan) yuqori natijalarga erishgan, intiluvchan, qobiliyatli, sohada 5 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, faol yoshlar, istisno tariqasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
Kamida 3 yil ish tajribaga ega bo‘lgan, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Kambagallikni qisqartirish va bandlik vazirliklarida, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlagan rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda rahbar bo‘lib ishlagan nomzodlar qabul qilinadi.
Mircosoft Office dasturi (Word, Excel,PowerPoint va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.
Nomzodlarni baholashda quyidagilarga afzalliklar beriladi: Hududlarda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy- iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb etish va yuritish siyosati, islohotlarni muvofiqlashtirish va boshqarish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlar.
Chet tilini bilishi (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki xorijiy mamlakatlarda oliy ta’limni bitirgan nomzodlar).
Nomzodning O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy mehnat tizimida (YAMMT IDAK) maʼlumotlari to‘liq bo‘lish shart.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-sonli Qonunining 28-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlari ya’ni: o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar; og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar; davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar qabul qilinmaydi.