Bo‘lim boshlig‘i

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Mirzo Ulug‘bek tumani 💰 5 859 056 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 04.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Bo'lim: Ijtimoiy muloqot va protokol bo‘limi Vazifalar: Lavozim vazifalarini bajarish Ish sharoitlari: Dushanba-juma kunlari 09:00-18:00 gacha Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри Миробод тумани Нукус кўчаси 8-уй 71-203-01-40

✅ Talablar

Ma`lumoti boʻyicha: Oliy, bakalavriat darajasidan kam boʻlmagan ma’lumot. Magistratura, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan shaxslarga afzallik beriladi. Mehnat staji 3-yil, davlat boshqaruv organlarining bandlik, xalqaro aloqalar sohalarida 2 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim. Davlat tilini bilishi. Rus, Ingiliz tillarida soʻzlashishni bilishi (rus tilida hujjatlarni tayyorlaydigan nomzodlarga afzallik beriladi). Xorijiy tillarni bilishi boʻyicha xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlganda afzallik beriladi (rus tilidan tashqari). Ish tajribasi va bilishi lozim: Xalqaro tashkilotlar, jumladan Xalqaro mehnat tashkiloti faoliyati haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lishi; diplomatik etiket, xalqaro uchrashuv va tadbirlarni tashkil etish, xalqaro hujjatlarni rasmiylashtirish ko‘nikmasi mavjudligi; kompyuter savodxonligiga ega boʻlishi (MS Office Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida mukammal ishlashi); ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi. Shaxsiy talablar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi; sudlanmagan boʻlishi; mehnatsevar, rahbarlik fazilatlari boʻlishi, masʻuliyatli, fikrini toʻliq va ravon bayon eta olishi, tashabbuskorlik, vatanparvarlik xususiyatlariga ega boʻlishi.

📎 Manba