Buxgalteriya bo‘limi bosh mutaxassisi

Doimiy Ish
📍 Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri 💰 3 552 000 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 04.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Bo'lim: Yoshlar ishlari agentligi Farg'ona viloyat boshqarmasi Vazifalar: Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etish; Ish tartibi, ichki mehnat va ijro intizomi, ushbu yo‘riqnoma va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish; Agentlik Nizomi va boshqa ichki idoraviy hujjatlari qoidalariga rioya qilish; Ish beruvchining qonuniy topshiriqlarini bajarish; ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar boʻlsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish; Ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda va doirada qoplash; Boshqa xodimlarning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmaslik; Ish beruvchining tegishli topshirigʻiga muvofiq xizmat safariga chiqish; Davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish; “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 12 va 13-moddalarida belgilangan davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari va davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatiga oid cheklovlarga rioya qilish. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba. Dam olish kuni: yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 13:00 gacha Manzil / aloqa: Farg'ona viloyati Farg'ona shahar Sayilgoh ko'chasi 27-uy +998732440405

✅ Talablar

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy moliyaviy-iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish; “UzASBO” – budjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi, 1 S buxgalteriya dasturi, Excel va Windows dasturlari bo‘yicha mukammal bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga; Kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga; Davlat tilini mukammal darajada bilishi (Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi); Ijobiy xulq-atvorga ega; Davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilmagan bo‘lishi; Ish vaqtidan samarali foydalana olishi va tadbirlarni rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan; Axborot texnologiyalari, dasturlari bo‘yicha yetarli bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.

📎 Manba