Etakchi mutaxassis

Doimiy Ish
📍 Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 05.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Qashqadaryo viloyati Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi Bo'lim: Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish bo'limi Vazifalar: Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish; Oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va mahalla tibbiyot punktlari faoliyatini tahlil qilish hamda uslubiy yordam ko‘rsatish; Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va dasturlar ijrosini nazorat qilish; Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini o‘rganish, takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Birlamchi bo‘g‘in muassasalari faoliyatiga oid statistik va tahliliy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish hamda hisobotlar tayyorlash; Sog‘liqni saqlash sohasiga oid Prezident farmonlari, qarorlari, Hukumat qarorlari va vazirlik topshiriqlari ijrosini ta’minlash; Hududiy tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berish; Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash; Rahbariyat topshirig‘iga asosan xizmat faoliyatiga oid boshqa vazifalarni bajarish. Ish sharoitlari: 5 ish kuni 9 dan 18;00 gacha Manzil / aloqa: Қарши шхар Хонобод Шох кўчаси, 28-уй 99875-224-03-41

✅ Talablar

Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (tibbiyot, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish, jamoat salomatligi yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha); Sog‘liqni saqlash tizimida kamida 1 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi; Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va ko‘rsatmalarini bilishi va amaliyotda qo‘llay olishi;Davlat tilini mukammal bilishi, xizmat hujjatlarini tayyorlash va yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; Kompyuter savodxonligi, Microsoft Office dasturlari va elektron axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi. Tajriba: kamida 1 yil

📎 Manba