Etakchi mutaxassis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Qashqadaryo viloyati Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi
Bo'lim: Statsionar tibbiy xizmatlarni tashkil etish bo'limi
Vazifalar:
Viloyatdagi statsionar davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;Statsionar tibbiy yordam sifati, samaradorligi va foydalanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
Kasalxonalarda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati ustidan monitoring olib borish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Statsionar muassasalarda o‘rin fondidan samarali foydalanish, bemorlar oqimi va davolash natijalarini tahlil qilish;
Sog‘liqni saqlash sohasiga oid Prezident farmonlari, qarorlari, Hukumat qarorlari va vazirlik topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda monitoringini olib borish;
Tibbiyot birlashmalari va ixtisoslashtirilgan muassasalardan statistik, tahliliy va hisobot ma’lumotlarini yig‘ish, umumlashtirish hamda rahbariyatga taqdim etish;
Hududiy tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar o‘tkazish, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
Statsionar xizmatlarni takomillashtirish, zamonaviy davolash va boshqaruv mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash;
Rahbariyatning xizmat faoliyatiga oid topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
Ish sharoitlari:
5 ish kuni 9 dan 18;00 gacha
Manzil / aloqa:
Қарши шхар Хонобод Шох кўчаси, 28-уй
99875-224-03-41
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Sog‘liqni saqlash tizimida kamida 1 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi;
Statsionar tibbiy xizmatlarni tashkil etish, davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va ko‘rsatmalarini bilishi va amaliyotda qo‘llay olishi;
Davlat tilini mukammal bilishi, xizmat hujjatlarini tayyorlash va yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Kompyuter savodxonligi, Microsoft Office dasturlari va elektron axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi.
Tajriba: kamida 1 yil