"Bo‘ston" mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yoshlar ishlari agentligi Quva tumani bo‘limi
Bo'lim: Mahalladagi yoshlar yetakchisi
Vazifalar:
"Yoshlar balansi"ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish; mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish; yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish; yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash; huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
Manzil / aloqa:
Quva tumani Rasta mfy Bunyodkor ko'chasi raqamsiz uy
+998 90 231 10 17
✅ Talablar
Oliy ma’lumotli; Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zomonaviy axborot texnalogiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi; 35 (o‘ttiz besh) yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi bo‘lishi; Davlat tilini bilishi lozim; Yetakchi lovozimiga nomzodlarni tanlashda muddatli xarbiy xizmatni o‘tagan, mahalla hududida istiqomat qiladigan, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarga shaxsiy fazilati, fidoyiligi, sadoqati va vatanparvarligi bilan namuna ko‘rsatgan holda o‘z ortidan ergashtira oladigan nomzodlarga afzalliklar beriladi.