Bosh mutaxassis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Quyichirchiq tuman hokimligi
Bo'lim: Ma’muriy boshqaruv xodimlari
Vazifalar:
Majmuaga tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga taqdim etadi, har tomonlama kamol topgan, qat’iy e’tiqodga va qarashlarga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishda ishtirok etadi, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun tegishli idoralar bilan hamkorlikda shart-sharoitlar yaratadi. Yuklatilgan vazifalarni mustaqil, ko‘maksiz bajara oladigan, odob-ahloq normalari, rahbarlik etikasiga rioya etadigan, oxirgi uch yil davomida davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda bo‘shatilmagan bo‘lishi lozim.
Ish sharoitlari:
dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari soat 9-00 dan 18-00 gacha. tushlik soat 13-00 dan 14-00 gacha
Manzil / aloqa:
Тошкент вилояти Қуйи Чирчиқ тумани Дўстобод шахри Навқирон маҳалласи Навқирон кўчаси 1-уй
70-56-72-080
✅ Talablar
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Kamida 3 yillik (ta’lim, fan, sport va sog‘liqni saqlash sohasi muassasalarida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i) mehnat staji talab etiladi. AKT sohasini bazaviy bilishi, axborot xavfsizligi va Microsoft Word, Excel, Power point, edo.ijro.uz dasturlarida hamda internetda ishlay olishi lozim. Xorijiy tillarni bilishiga ustunlik beriladi.
Tajriba: kamida 3 yil