bosh hisobchi

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Chilonzor tumani 💰 4 307 927 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 05.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent shahar turizm boshqarmasi Bo'lim: Buxgalteriya Vazifalar: Boshqarmaning buxgalteriya hisobi va moliyaviy faoliyatini yuritish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash. Ish haqi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash, moliyaviy va budjet hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash va taqdim etish. Davlat xaridlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish va amalga oshirish, xarid jarayonlariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish. UzASBO dasturida buxgalteriya operatsiyalarini yuritish hamda moliyaviy intizomga rioya etilishini ta’minlash. Ish sharoitlari: Besh kunlik ish haftasi. Ish vaqti — soat 09:00 dan 18:00 gacha. Dam olish kunlari — shanba va yakshanba. Manzil / aloqa: Toshkent sahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko'chasi, 51-uy, 100066 (998) 712100199

✅ Talablar

Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (buxgalteriya hisobi, moliya yoki iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha). Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yillik mehnat stajiga, shundan kamida 2 yil davlat boshqaruvi organi yoki budjet tashkilotida bosh hisobchi lavozimida ishlagan tajribaga ega bo‘lishi. Davlat tilini mukammal bilishi. Buxgalteriya hisobi, moliya, budjet va davlat xaridlari sohasiga oid amaldagi qonunchilik hamda normativ-huquqiy hujjatlarni puxta bilishi va amaliyotda qo‘llay olishi. UzASBO dasturida mukammal ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zarur ofis dasturlaridan xizmat faoliyati doirasida erkin foydalana olishi. Mehnatga haq to‘lash tizimi: Lavozim maoshi (oklad), ko‘p yillik ish staji uchun ustama, qonunchilikda va ichki hujjatlarda nazarda tutilgan qo‘shimcha ustamalar hamda bayram kunlari munosabati bilan beriladigan mukofot pullari. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba