Hamshira
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi
Bo'lim: Jarroxlik bo'limi
Vazifalar:
Bemorlarni qabul qilish, joylashtirish va ularning umumiy holatini kuzatish.
Shifokor ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish.
Bemorlarning tana harorati, arterial bosimi, pulsi va boshqa hayotiy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish.
Dori vositalarini shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq berish va muolajalarni bajarish.
Inyeksiya, bog‘lam qo‘yish, yara va choklarni parvarish qilish kabi hamshiralik muolajalarini bajarish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Toshkent shahar Yunusobod tumani, G`ayratiy 24 uy.
+998712248933
✅ Talablar
O‘rta maxsus tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi.
“Hamshiralik ishi” yoki tegishli tibbiy yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olgan bo‘lishi.
Amaldagi tibbiy faoliyatga oid malaka va sertifikat talablariga javob berishi.
Jarrohlik bo‘limida bemorlarni parvarish qilish qoidalarini bilishi.
Aseptika va antiseptika qoidalarini yaxshi bilishi va amalda qo‘llay olishi.
Jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik va operatsiyadan keyingi bemor parvarishi bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi.
Dori vositalarini saqlash, hisobga olish va shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llash tartibini bilishi.
Inyeksiya, bog‘lam qo‘yish, yara parvarishi va boshqa hamshiralik muolajalarini bajarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
Bemorning holatini kuzatish va hayotiy ko‘rsatkichlarini baholashni bilishi.