Умумий амалиёт шифокори (врачи)

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Sirg‘ali tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 05.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikasi Bo'lim: Умумий амалиёт шифокорлари бўлими Vazifalar: Lavozim yo'riqKasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar bilan ta’minlanishni talab qilish. O‘z vakolati doirasida bemorlarni tekshiruv va davolashga yo‘naltirish. Muassasa faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish. Zarur tibbiy ma’lumotlar va hujjatlarni olish. Malaka oshirish kurslari va seminarlarda qatnashish. Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.nomasi asosida Kasbiy vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi yoki bajarmaganligi; Tashxis va davolashda yo‘l qo‘yilgan xatolar; Tibbiy hujjatlarni noto‘g‘ri yuritganligi; Bemorlarning shaxsiy va tibbiy sirlarini oshkor qilganligi; Sanitariya-gigiyena va epidemiologik talablarni buzganligi; Ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilmaganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi. Zamonaviy diagnostika va davolash usullarini; Klinik protokollar va standartlarni; Favqulodda tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini; Profilaktika, dispanserizatsiya va reabilitatsiya asoslarini; Farmakologiya va dori vositalaridan oqilona foydalanish tamoyillarini; Tibbiy hujjatlarni yuritish tartibini; Tibbiy etika va deontologiya qoidalarini; Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablarini bilishi lozim. Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Сергели тумани Шокирарик кучаси-18 998712516404

✅ Talablar

Umumiy amaliyot shifokori birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni amalga oshiradi. 1.2. Lavozimga oliy tibbiy ma’lumotga ega, umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan va amaldagi tartibda faoliyat yuritish huquqiga ega shaxs tayinlanadi. 1.3. Umumiy amaliyot shifokori o‘z faoliyatida: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga; Sog‘liqni saqlash sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga; Muassasa ustavi va ichki mehnat tartibi qoidalariga; Klinik protokollar va standartlarga; Ushbu lavozim yo‘riqnomasiga amal qiladi. 1.4. Umumiy amaliyot shifokori bevosita muassasa rahbari yoki tibbiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosariga bo‘ysunadi. 1.5. O‘z faoliyatida tibbiy etika va deontologiya qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatadi. Bemorlarni qabul qiladi, ko‘rikdan o‘tkazadi va tashxis qo‘yadi. Kasalliklarning oldini olish, aniqlash va davolash choralarini amalga oshiradi. Zarur laboratoriya va instrumental tekshiruvlarni tayinlaydi hamda natijalarini tahlil qiladi. Davolash rejasini ishlab chiqadi va uning bajarilishini nazorat qiladi. Surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlarni dispanser nazoratiga oladi. Zarur hollarda bemorlarni tor mutaxassislar yoki yuqori bosqichdagi davolash muassasalariga yuboradi. Favqulodda va shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi. Profilaktik ko‘riklar, emlash va skrining tadbirlarida ishtirok etadi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi. Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritadi va hisobotlarni tayyorlaydi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik holatlarini ekspertiza qiladi hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlarda qatnashadi. O‘z malakasini muntazam oshirib boradi.

📎 Manba