“O‘zgarish” MFY hokim yordamchisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Sergeli tuman hokimligi
Bo'lim: Mahallada Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taminlash va kambag'illikni qisqartirish masalalari bo'yicha
Vazifalar:
1.Tuman-shaharlardagi “Hokim yordamchilari” faoliyatiga ko‘maklashish va ular ishini muvofiqlashtirib borish, 2. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tuman-shahar markazi doirasidagi masalalarni o‘rnatilgan tartibda markaz raxbariga va viloyat boshqarmasi muhokamasiga kiritish; 3. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tuman-shahar markazi faoliyatiga oid maʼlumotlarni boshqarmaga taqdim etib turish; 4. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining tuman-shahar markazi doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha uchrashuvlar hamda seminarlar tashkil etadi va o‘tkazadi; 5. Lavozim majburiyatida ko‘rsatilgan vazifalarni bajaradi; 6. O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
Manzil / aloqa:
Toshkent shahar, So‘gdiyona ko‘chasi 1-uy
71 258-00-08
✅ Talablar
1. Iqtisodiyot (iqtisodiy strategik boshqaruv, davlat boshqaruvi, bank va moliya, menedjment, marketing, biznes boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy) yo‘nalishida oliy maʼlumotga ega bo‘lishi, shuningdek, xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi (nostrifikatsiya qilingan, top universitetlar qatoriga kiruvchi); 2. Xududda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqa oladigan, 3. Iqtisodiyotning byudjet-soliq, pul-kredit, tashqi va real sektor yo‘nalishlarida yangicha va samarali yondashuvlarini, xorijiy ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda ishlarni tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish; 4. Mazkur lavozimga Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan nomzodlar maʼlumotlari qabul qilinadi; 5. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilish (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda oliy taʼlimni bitirgan nomzodlar ijobiy baholanadi); 6. Mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini chuqur anglay olishi.
Tajriba: kamida 3 yil