Kichik tibbiy hodim
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yashnobod tumani 2-son tumanlararo ftiziatriya dispanseri
Bo'lim: хужалик
Vazifalar:
Lavozim yo`riqnomasiga asosan
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
1.1. Kichik tibbiy xodim O'zbekiston Respublikasi amaldagi mehnat qonunchiligi, Sog'liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari, muassasa ichki mehnat tartibi qoidalari va ushbu lavozim yo'riqnomasi asosida faoliyat yuritadi.
1.2. Bevosita bo'limning katta hamshirasi (yoki bosh hamshira)ga bo'ysunadi.
1.3. Ish faoliyatida sanitariya-gigiyena, epidemiologik xavfsizlik va mehnat muhofazasi talablariga qat'iy amal qiladi.
2. Lavozim vazifalari
- Bo'lim xonalari, koridorlar, sanitariya xonalari va boshqa xizmat xonalarini belgilangan tartibda tozalash.
- Dezinfeksiya vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilgan holda nam tozalash va dezinfeksiya ishlarini bajarish.
- Tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig'ish, saralash va olib chiqishga tayyorlash.
- Toza va iflos choyshablarni belgilangan tartibda almashtirish va kirxonaga topshirish.
- Xodimlar hamda bemorlar uchun sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga ko'maklashish.
- Zarurat bo'lganda bemorlarni tashishda tibbiyot xodimlariga yordam berish.
- Tozalash jihozlarini toza va soz holatda saqlash.
- Yong'in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
- Rahbariyat tomonidan berilgan xizmat vazifalarini o'z vaqtida bajarish.