yetakchi mutaxassisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Andijon viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi
Bo'lim: Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish bo‘limi
Vazifalar:
Viloyatdagi OShP va oilaviy poliklinikalar ishini tashkil etish, ularning aholi soniga nisbatan to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qilish. Monitoring va tahlil: Tibbiy brigadalar faoliyati, aholining tibbiy xaritalari (patronaj) qamrovi va dispanser nazorati sifatini tahlil qilish. Emlash va profilaktika: Aholi o‘rtasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, milliy emlash taqvimi ijrosini tashkillashtirish. Murojaatlar bilan ishlash: Birlamchi tibbiyot muassasalari sifati bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish. Tibbiy statistika va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish. Stressga chidamlilik va muammoli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish. Poliklinika xodimlari bilan samarali muloqot va tashkilotchilik qobiliyati.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: 9:00 dan 18:00 gacha, Dam olish kunlari: shanba va yakshanba
Manzil / aloqa:
Андижон шаҳар Амир Умархон 19-уй
998742284284
✅ Talablar
Sog‘liqni saqlash (Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy-profilaktika ishi) yoki Sog‘liqni saqlashni boshqarish (Menejment) yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr). Sog‘liqni saqlash tizimida (davlat yoki xususiy tibbiyot muassasalarida, poliklinikalarda) kamida 2 yillik mutaxassislik ish staji. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash sohasiga oid qonunlar, Prezident farmon va qarorlari (xususan, BTSYo tizimini isloh qilishga oid hujjatlar), aholiga ambulator-poliklinika xizmatini ko‘rsatish tartibi, tibbiy patronaj tizimi va skrining dasturlarini bilishi. Mis.ssv.uz / Ye-Salomatlik (Yagona elektron tibbiy karta va sog‘liqni saqlash axborot tizimi).Elektron poliklinika (navbatlarni boshqarish, shifokor qabuliga yozilish tizimlari).MS Office (Excel, Word, PowerPoint) dasturlarida tibbiy-statistik jadvallar va taqdimotlar bilan mustaqil ishlay olish.
Tajriba: kamida 2 yil