bosh mutaxassisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Andijon viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi
Bo'lim: Infratuzilmani rivojlantirish shu’basi
Vazifalar:
Sog‘liqni saqlash tizimidagi shifoxona va poliklinikalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli dasturlarni (Investitsiya va Obod mahalla/qishloq dasturlarini) ishlab chiqish. Tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishini, sifatini va belgilangan muddatlarda bajarilishini joyiga chiqqan holda nazorat qilish. Tibbiyot binolarining isitish tizimlari, elektr, suv, gaz tarmoqlari va generatorlar holatini monitoring qilish. Muassasalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish. Yangi keltiriladigan yuqori texnologik tibbiy uskunalar (MRT, MSKT, Rentgen va h.k.) o‘rnatiladigan xonalarning texnik va radiatsion xavfsizlik talablariga muvofiq tayyorlanishini nazorat qilish. Bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlari va mablag‘larning o‘zlashtirilishi bo‘yicha yuqori tashkilotlarga (Vazirlik, Hokimlik) kunlik, haftalik va oylik hisobotlarni tayyorlash.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: 9:00 dan 18:00 gacha, Dam olish kunlari: shanba va yakshanba
Manzil / aloqa:
Андижон шаҳар Амир Умархон 19-уй
998742284284
✅ Talablar
Qurilish, arxitektura, muhandislik-kommunikatsiyalari yoki iqtisodiyot (qurilishda menejment) yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot. Mutaxassisligi bo‘yicha (qurilish, loyihalashtirish, texnik nazorat yoki uy-joy kommunal sohasida) kamida 2 yil yoki davlat xizmatida kamida 1 yil ish staji. Shaharsolik kodeksi, qurilish me’yorlari va qoidalari (ShNK/QMQ), davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hamda tibbiyot muassasalari binolariga qo‘yiladigan maxsus sanitariya talablarini bilish. Arxitektura va loyiha hujjatlari bilan ishlash uchun AutoCAD, Archicad (kamida bazaviy darajada) hamda MS Office (ayniqsa Excel) dasturlarini mukammal bilish. Qurilish-ta’mirlash ishlarining smeta hujjatlarini, nuqsonlar dalolatnomalarini va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi Dalolatnomalarni (Forma-2, Forma-3) tahlil qila olish. Mas’uliyatlilik, halollik (korrupsiyaga toqatsizlik) va moliyaviy hujjatlar bilan ishlashda o‘ta diqqatlilik. Qurilish ob’ektlariga tez-tez xizmat safarlariga chiqishga tayyorlik (mobillik). Pudratchi tashkilotlar va shifoxona rahbarlari bilan yuzaga keladigan texnik masalalarni qonuniy hal etish bo‘yicha muloqot ko‘nikmalari.
Tajriba: kamida 2 yil