Matbuot kotibi

Doimiy Ish
📍 Andijon viloyati, Andijon shahri 💰 6 055 295 so'm 👁️ 4 ko'rish 📅 05.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Andijon viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi Bo'lim: Boshqaruv Vazifalar: Matn mazmuniga mos SMM (SMM) va media-rejalar ishlab chiqish. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tashkilot faoliyatiga doir chiqishlarni doimiy monitoring qilish. Noyob jarrohlik amaliyotlari, yangi tibbiy uskunalar, tibbiyotdagi islohotlar va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga oid axborotlarni (press-reliz, maqola, videorolik) tayyorlash va tarqatish. Foto, video va grafik dasturlar (soddalashtirilgan dizayn vositalari) bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘lish. OAV vakillari, blogerlar va jamoatchilik bilan faol, madaniyatli hamda konstruktiv muloqot o‘rnatish qobiliyati. Tezkor va kutilmagan (krizisli) vaziyatlarda axborotni to‘g‘ri tahlil qilish, rasmiy munosabatni kechiktirmay tayyorlash va feyk axborotlarga raddiya berish. Tibbiyot xodimlariga xos bo‘lgan deontologiya (kasbiy odob-axloq) va etika qoidalariga qat’iy rioya qilish. Omma oldida, matbuot anjumanlari va brifinglarda tashkilot nomidan erkin va ishonchli gapira olish. Diplomatik muloqot mahorati (OAV va bemorlar bilan muloqotda vazminlikni saqlash). Yetakchi shifokorlar, professorlar bilan sog‘liqni saqlash mavzusida intervyular, brifinglar tashkil etish, aholi uchun tibbiy tavsiyalar tayyorlash. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: 9:00 dan 18:00 gacha, Dam olish kunlari: shanba va yakshanba Manzil / aloqa: Андижон шаҳар Амир Умархон 19-уй 998742284284

✅ Talablar

Oliy ma’lumot (afzallik jurnalistika, filologiya, jamoatchilik bilan aloqalar (PR) yoki siyosatshunoslik yo‘nalishlariga beriladi). OAV, sog‘liqni saqlash tizimi yoki matbuot xizmatlarida kamida 3 yillik muvaffaqiyatli mehnat staji. Davlat tilini (o‘zbek tilini) mukammal bilish, imlo va uslubiy qoidalarga qat’iy rioya qilish. Axborot sohasiga oid qonunchilikni («Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunlar) mukammal bilish. Davlat tilini (o‘zbek tilini) mukammal bilish (tibbiy-ilmiy matnlarni tahrirlay olish). Rus va ingliz tillarini xalqaro tibbiy yangiliklarni tarjima qilish darajasida bilishi qo‘llab-quvvatlanadi. Sog‘liqni saqlash sohasiga oid atamalar, kasalliklar nomlari, davolash standartlari va tibbiy qonunchilikni (tibbiyot xodimlarining huquqlari, bemor siri daxlsizligi) mukammal bilish. Ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Facebook, Instagram, YouTube) algoritmlarini tushunish va ularda rasmiy sahifalarni yurita olish. Nomzod majburiy tartibda AOKA (Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba